AQSh prezidenti Donald Tramp shu yakshanba kuni Nyu-Jersi shtatida bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati final o‘yinida ishtirok etish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Qo‘shma Shtatlar rahbari bu haqda Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida aytib o‘tgan.
FIFA prezidenti Janni Infantino AQShga turnirni tashkil etishdagi faol yordami uchun minnatdorlik bildirdi:
“Biz Amerika hukumati va shaxsan prezidentdan, jumladan, Oq uy ishchi guruhidan katta yordam oldik. Bu amaldagi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga ham, kelasi yili bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun tayyorgarlikka ham tegishli”, – deydi Infantino.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!