Jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Buxoro viloyatiga yangi avtobuslar xarid qilindi.
“Progress Mega Trans” korxonasi tomonidan yo‘lovchi tashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida Xitoyning “Zhongtong Bus Holding Co., Ltd.” kompaniyasi bilan 24 ta zamonaviy avtobus xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi. Ushbu avtobuslar Buxoroga yetib keldi.
Shuningdek, “Miramax Tourist Trans” MChJ tomonidan 1 dona “Kinglong” kompaniyasida ishlab chiqarilgan avtobus olib kelingan. (Yana shu kompaniyadan 19 ta avtobus xarid qilish rejalashtirilgan.)
Bugun ushbu transport vositalarini foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Yangi avtobuslar Buxoro shahrida jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish, aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!