$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Islom merosining bebaho xazinasi Londonda namoyish etildi

18:16 / 11.07.2025

Buyuk Britaniyada ilk bor O‘zbekiston tarixi bilan bog‘liq, Islom sivilizatsiyasining oltin davrlariga oid noyob Qur’on qo‘lyozmalari va tarixiy artefaktlardan iborat to‘plam namoyish etildi. Ushbu muqaddas yodgorliklar yillar davomida xususiy to‘plamlar va muzeylarda saqlangan, endilikda ular o‘z diyori – O‘zbekistonga qaytmoqda.

Dunyoning mashhur Sotheby’s va Christie’s auksion uylari mezbonligida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmalar 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasida ilgari surilgan tashabbus – Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihaning bir qismidir. So‘nggi yillarda milliy va xalqaro mutaxassislar tomonidan yo‘qolgan madaniy merosni izlash va aniqlash bo‘yicha keng tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Londondagi ikki ko‘rgazmada ilk bor xalqaro jamoatchilik e’tiboriga havola etilgan eksponatlar orasida dunyoning yetakchi olimlari, ekspertlari, mas’ul mutaxassislar, mashhur muzey va kutubxonalar vakillari  va kolleksionerlari ishtirok etdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ushbu madaniy-ma’rifiy mega platforma – Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusini ilgari surish barobarida shaxsan uning amalga oshirilishiga boshchilik qilmoqda. Tarixiy va ma’naviy durdonalarni  Vatanga qaytarish bo‘yicha davlatimiz  rahbarining to‘g‘ridan to‘g‘ri topshirig‘i asosida  ushbu keng qamrovli loyiha amalga oshirilmoqda. Bu faqat tarixiy artefaktlarning  qaytishi emas. Bu xotiraning, milliy o‘zlikning va O‘zbekistonning islom merosini asrashdagi betakror rolini tan olishning timsolidir” – deya ta’kidladi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov ko‘rgazma ochilish marosimida.

Namoyish qilingan nodir artefaktlar orasida IX-XIII asrlarga oid  Qur’on qo‘lyozmalari sahifalari, miniatyuralar, nafis zargarlik buyumlari, maishiy buyumlar, matolar va san’at asarlari bor. Ular O‘zbekistonni jahondagi muhim intellektual markazlardan biri sifatida ko‘rsatadi.

Toshkentning markazida 10 gektardan ortiq hududda barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi mintaqadagi eng yirik madaniyat va ma’rifat institutlaridan biriga aylanmoqda. Uning ekspozitsiya maydoni 8000 kvadrat metrdan oshadi. Markaz tarkibiga quyidagi besh mavzuli galereya kiradi:

"Qur’on zali"

"Islomgacha bo‘lgan meros"

"Renessansning birinchi va ikkinchi davrlari"

“Yangi O‘zbekiston”

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov quyidagilarni ta’kidladi:

“Bugun O‘zbekiston o‘z tarixiy merosini tiklash va asrab-avaylash borasida ulkan sa’y-harakatlar qilmoqda. Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi kabi tashabbuslar bu yo‘ldagi muhim qadam bo‘lib, tez orada u bilim va dinlararo muloqot mayog‘i sifatida o‘z eshiklarini ochadi. Bu bizning tarixiy o‘zligimizni anglash va uni ochiq tarannum etishga intilishimizning ifodasidir”.

Londondagi ushbu ko‘rgazmalar nafaqat muhim madaniy voqea, balki tarixiy adolatning tiklanishi ifodasi bo‘ldi. Namoyish etilgan eksponatlar O‘zbekistonning islom olami intellektual markazi sifatidagi o‘rni va bugungi Yangi O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosni asrash, o‘rganish va targ‘ib qilish yo‘lidagi navbatdagi yutuqlarini amalda isbot etdi.


O‘zbekiston


														
														Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in 15:35 da bartaraf etilgan.
16:11 / 16.07.2025

														
														Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

2025-yilning 16-17-18-iyul kunlari ob-havo haroratining keskin oshishi kutilayotgani ma’lum qilindi.
16:07 / 16.07.2025

														
														O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025

														
														Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025

														
														Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident f…
10:08 / 16.07.2025

														
														Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025

														
														G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025

														
														16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
22:15 / 15.07.2025

														
														Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulov ma’lum qildi
21:25 / 15.07.2025

														
														Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025

Bu ham qiziq

Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallasning so‘zlariga ko‘ra, gruzinlar hukumati ma’lum shartlarni bajarishi lozim
18:37 / 16.07.2025
Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

“AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman 2028-yil 14–30-iyul kunlariga belgilangan, b…
16:54 / 16.07.2025
Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:08 / 15.07.2025
Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Hozirda o‘chirish ishlari davom etmoqda.
15:22 / 15.07.2025
Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Taklif Yerevan va Boku o‘rtasidagi muzokaralardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
10:41 / 15.07.2025
Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident f…
10:08 / 16.07.2025
Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Bosh vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan bayonot berdi.
17:01 / 15.07.2025
2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Haj va Umra markazi yangi umra mavsumini 2025-yil avgust oyidan boshlanishini e’…
12:22 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!