$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

15:55 / 12.07.2025

So‘nggi vaqtlarda qo‘shni respublikalar, xususan Tojikiston va Qozog‘istonda hayvonlar o‘rtasida kuydirgi bilan kasallanish holatlari ko‘payganligi, Qozog‘istonda esa epizootiya kuchaygani va epidemiya xavfi tufayli karantin e’lon qilingani xabar qilingan edi.

Mazkur vaziyat yuzasidan O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Epidemiologiya va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘limi boshlig‘i Farxod Qurbonbekov kuydirgi kasalligi va undan himoyalanish choralariga oid muhim ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Aytingchi kuydirgi haqiqatdan ham shunchalik vahimali kasallikmi?

Kuydirgi (Sibir yarasi) – Bacillus anthracis bakteriyasi sababli yuzaga keladigan xavfli infeksion kasallik bo‘lib, asosan hayvonlardan yuqadi. Kuydirgi o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar guruhiga kiradi. organizmning umumiy zaharlanish holati, bezgak tutishi hamda teri, o‘pka va ichaklar zararlanishi bilan ta’riflanadigan infeksion kasallikdir. Kuydirgi kasalligi bilan barcha turdagi qishloq xo‘jalik, yovvoyi va uy hayvonlari hamda odamlar kasallanadi.

Kasallik qanday yo‘llar bilan yuqadi?

Odamlarga kasallik asosan kuydirgi kasalligi bilan kasallangan hayvonni parvarish qilgan paytda, veterinariya xizmati xodimlari ko‘rigidan o‘tmagan hayvonlarni so‘yib, terisini shilganda, go‘shtini nimtalab, yaxshi termik ishlov bermasdan iste’mol qilganda yuqishi mumkin, Kuydirgi kasalligidan o‘lgan hayvon terisi va junidan tayyorlangan har xil mo‘yna buyumlar orqali ham kasallik yuqishi mumkin. Hatto 100 darajada qaynatilgan go‘sht ham xavfli bo‘lishi mumkin faqat to‘liq qizdirilgan, ichida pushti joy qolmagan go‘sht xavfsiz hisoblanadi.

Qanday shakllari farqlanadi?

Kuydirgi kasalligi aksariyat hollarda teri shaklida (98,0 – 99,0 foiz) uchraydi va kasallikning bu turida bemor to‘liq tibbiy davo muolajalaridan so‘ng, hech qanday asoratsiz sog‘ayib ketadi.

Kasallikning septik, ichak, o‘pka shakllari ham mavjud bo‘lib, juda og‘ir kechadi va odatda o‘lim bilan tugaydi.

Kasallikning “teri yarasi” shaklidagi yara boshqa yaralardan tubdan farq qiladi:

- yaraning og‘riqsiz bo‘lishi (agar ikkilamchi infeksiya qo‘shilmagan bo‘lsa);

- yara ustini ko‘mirga o‘xshash qora po‘stloq qoplashi;

- yara atrofi qizarib, shish paydo bo‘lishi;

- ba’zida yaraga yaqin joylashgan limfa tugunlari yallig‘lanib, kattalashishi kuzatiladi (limfadenit).

Shuningdek, yara atrofida pufaksimon toshmalar paydo bo‘lishi ham mumkin.

Kuydirgi yarasi asosan badanning ochiq qismlarida (qo‘l, oyoq, yuz, bo‘yin) ko‘proq uchraydi. Bunday holatlarda zudlik bilan tibbiyot xodimlariga murojaat qilish zarur. Ayrim holatlarda bemorlar yaraning ustidagi qora po‘stloqni o‘tkir tig‘li jismlar yordamida olib tashlashga urinishadi va natijada kasallikning teri shakli septik shakliga o‘tib, kasallik o‘lim bilan yakun topishi mumkin.

Shu sababli, badanda yara paydo bo‘lsa va bu yaraning paydo bo‘lishi kasallangan mollarni suyish, terisini shilish, go‘shtini maydalash va oshqozon – ichaklarini hamda kalla – pochasini tozalash bilan bevosita bog‘liq deb hisoblansa, unda zudlik bilan hududiy davolash – profilaktika muassasalariga murojaat qilish kerak.

Kasallikni oldini olish choralari qanday?

Kuydirgi kasalligini kelib chiqishini oldini olish uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak:

- xonadonlarda boqilayotgan chorva mollarini hududiy veterinariya xodimlari tomonidan kuydirgi kasalligiga qarshi har yili bir marotaba albatta emlatish zarur;

- chorva mollarini uy sharoitida so‘yish taqiqlangan. Ularni faqat qushxonalarda va so‘yish maydonchalarida, veterinariya xodimi nazorati ostida so‘yish kerak;

- kasallangan chorva mollarini nobud bo‘lmasligi uchun ularni uy sharoitida majburiy so‘yish zaruriyati yuzaga kelganda, bu tadbir albatta veterinariya vrachi ishtirokida amalga oshirilishi zarur;

- kasallik alomatlari kuzatilganligi sababli so‘yilgan chorva mollarining go‘shti, terisi va kalla-pochalarini qo‘ni-qo‘shnilarga tarqatish yoki bozorlarda sotishga faqat veterinariya xodimining xulosasi asosida ruxsat beriladi;

- veterinariya xodimlari chorva mollarida kuydirgi kasalligiga gumon qilsa yoki aniqlasa, bunday hayvonlarni so‘yish mumkin emas, o‘lgan mol, qo‘y tanasi kuydirish yo‘li bilan yo‘qotilishi shart;

- mahallalarda majburiy so‘yilgan va ko‘cha-kuylarda sotilayotgan chorva mollari go‘shti xatarli bo‘lishi mumkin, shu sababdan go‘shtni faqat do‘konlardan va bozorlardan xarid qilish tavsiya etiladi, chunki ular tekshirilgan va xavfsizligi kafolatlangan bo‘ladi.

Kasallangan chorva molini so‘ygan va so‘yishda ishtirok etgan odamda bir hafta mobaynida qo‘lida yoki tanasining boshqa joylarida yara paydo bo‘lsa, darhol hududiy shifoxonaga murojaat qilishi zarur. Uyda o‘zi bilganicha davolanish og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Shifoxonalarda bunday xastaliklarni barvaqt aniqlash va samarali davolash uchun barcha sharoit yaratilgan.

Bunday muammolar kelib chiqishining oldini olish har bir insondan tibbiy madaniyat va o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lishni talab etadi. Buning uchun sog‘lom turmush tarziga, sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘la rioya etish lozim. Uylarda qoramol boqishda molxonalarni toza tutish, go‘ng va boshqa chiqindilarning yig‘ilib qolishi oqibatida turli infeksiyalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda dezinfeksiya, dezinseksiya tadbirlarini o‘tkazish, hayvonlarni yiliga bir marotaba kuydirgi kasalligiga qarshi profilaktik emlatish darkor.

Respublikamiz hududiga kasallik kirib kelishini oldini olish uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?

Respublikamizda kasallikni oldini olish uchun gumon etilgan holatlar yuzaga kelganda tashxislash, davolash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Bundan tashqari kasallik o‘choqlarida tuproqdan namunalar olib, laboratoriya sharoitida doimiy nazorat olib boriladi. Kasallikni mamlakatimiz hududiga kirib kelishini oldini olish maqsadida esa 55 ta chegara punktlarimizdan o‘tuvchilar chuqur tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ushbu punktlarda kasallik tarqalishini oldini olish maqsadida o‘tkazilishi zarur bo‘lgan barcha chora-tadbirlar nazoratga olingan.


O‘zbekiston


														
														Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Mazkur markadagi benzin narxi qariyb 44% ga qimmatlagan
22:53 / 16.07.2025

														
														17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:36 / 16.07.2025

														
														O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

Mazkur tadbir Osiyo sporti uchun muhim ahamiyatga ega
20:33 / 16.07.2025

														
														O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

Hamyurtlarimiz eng ko‘p sayohatni qaysi davlatga amalga oshirgan?
19:55 / 16.07.2025

														
														Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in 15:35 da bartaraf etilgan.
16:11 / 16.07.2025

														
														Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

2025-yilning 16-17-18-iyul kunlari ob-havo haroratining keskin oshishi kutilayotgani ma’lum qilindi.
16:07 / 16.07.2025

														
														O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025

														
														Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025

														
														Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident f…
10:08 / 16.07.2025

														
														Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025

Bu ham qiziq

Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulov ma’lum qildi
21:25 / 15.07.2025
Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Mazkur markadagi benzin narxi qariyb 44% ga qimmatlagan
22:53 / 16.07.2025
Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
Isroil Suriya janubiga zarba berdi

Isroil Suriya janubiga zarba berdi

BBC xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Suriyaning, asosan, druzlar istiqomat qiladigan hududlarida badaviy qabilalar hamda mah…
12:58 / 16.07.2025
Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Sergey Lavrov Si Szinpin bilan uchrashuvda shunga erishilganini ma’lum qildi
19:23 / 15.07.2025
Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

U xonadonida konserva mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.
16:07 / 15.07.2025
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025
Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025
O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

Ispaniyadagi media nashrlar O‘zbekistonda sayyohlik va turizm borasida o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi
19:33 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!