$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

22:54 / 12.07.2025

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1983 va 1993-yillarda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan 2 nafar fuqaro shaxsiy boylik orttirish maqsadida o‘zaro til biriktirib, o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining Quvasoy shahri hududidan o‘tuvchi qismida avvaldan kelishilgan holda, Qirg‘iz Respublikasi fuqarosidan 8000 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qabul qilib olishadi.

 So‘ngra, ushbu dori vositalarini kelgusida sotish maqsadida Qo‘qon shahrida ijaraga olingan xonadonga olib borgan vaqtlarida ushlandi. 

Qo‘qon shahrida kuzatilgan yana bir holatda, mahalliy advokatlik byurosi advokati hamda 1974 va 1984-yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, vitamin dori vositalari ko‘rinishida qadoqlangan jami 4400 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 180 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur 3 nafar qonunbuzarning barchasi muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.

Boshqa holatda esa Farg‘ona-Qo‘qon yo‘nalishida harakatlanayotgan, 1983-yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan sudlangan shaxs boshqaruvidagi avtomashina Uchko‘prik tumani hududida to‘xtatildi.

Xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtotransport vositasining salon qismida 100 dona “Tropikamid” va 559 dona “Regapen” nomli jami 110 mln so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda olindi. 

Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsga dorilarni sotgan Farg‘ona tumanida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro Qo‘shtepa tumanida boshqa xaridorga 1400 dona “Regapen” kuchli ta’sir ta’sir qiluvchi dori vositalarini 2800 AQSH dollariga sotgan vaqtida qo‘lga olindi. 

Xuddi shu yo‘nalishda harakatlanayotgan yana bir avtomashina ham Uchko‘prik tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, uning salonida Qo‘qon shahrida yashovchi,  muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan, 1981-yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli umumiy qiymati 75 mln so‘mlik 250 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. 

Ta’kidlash lozimki, barcha holatlarda kuchli ta’sir qiluvchi vositalar Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


O‘zbekiston


														
														Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Mazkur markadagi benzin narxi qariyb 44% ga qimmatlagan
22:53 / 16.07.2025

														
														17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:36 / 16.07.2025

														
														O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

Mazkur tadbir Osiyo sporti uchun muhim ahamiyatga ega
20:33 / 16.07.2025

														
														O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

Hamyurtlarimiz eng ko‘p sayohatni qaysi davlatga amalga oshirgan?
19:55 / 16.07.2025

														
														Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in 15:35 da bartaraf etilgan.
16:11 / 16.07.2025

														
														Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

2025-yilning 16-17-18-iyul kunlari ob-havo haroratining keskin oshishi kutilayotgani ma’lum qilindi.
16:07 / 16.07.2025

														
														O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025

														
														Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025

														
														Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident f…
10:08 / 16.07.2025

														
														Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025

Bu ham qiziq

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025
ShHTning navbatdagi sammiti Xitoyda bo‘lib o‘tadi

ShHTning navbatdagi sammiti Xitoyda bo‘lib o‘tadi

Xitoy 31-avgustdan 1-sentyabrga qadar Tyanjin shahrida ShHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti) sammitiga mezbonlik qiladi. Bu ha…
14:52 / 16.07.2025
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

Hamyurtlarimiz eng ko‘p sayohatni qaysi davlatga amalga oshirgan?
19:55 / 16.07.2025
Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025
Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Sergey Lavrov Si Szinpin bilan uchrashuvda shunga erishilganini ma’lum qildi
19:23 / 15.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025
Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Ikki mamlakat ham o‘zining harbiy xarajatlari muhimroq deb hisoblaydi
21:35 / 16.07.2025
O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

Ispaniyadagi media nashrlar O‘zbekistonda sayyohlik va turizm borasida o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi
19:33 / 15.07.2025
Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

U xonadonida konserva mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.
16:07 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!