$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

14:18 / 15.07.2025

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini go‘yoki defektolog-psixolog deb atagan D.J. duduqlangan bolalarni so‘kinish, qo‘rqitish hamda it kabi hurkitish usulida davolashga uringani aks etgan videoxabarlar tarqalgandi. Ushbu ayolning harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani 2024-yilning yakuni va 2025-yilning yanvar oyida uning harakatlari bo‘yicha o‘rganish olib borgan.

Xususan, Bolalar ombudsmanining D.J.ning ish uslubiga ilmiy va kasbiy baho berish uchun kiritgan so‘rovi asosida malakali defektolog va logopedlardan iborat ishchi guruh o‘tkazgan o‘rganish natijasida pedagog D.J.ning ish usuli mutlaqo ilmiy asoslanmagan, murakkab duduqlanish muammosiga tor va ibtidoiy yondashuvda ekani, D.J.ning duduqlanishni bartaraf etishda qo‘llayotgan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik usullari bolalarning sog‘lig‘i va tarbiyasiga jiddiy zarar keltirishi hamda pedagogika qoidalariga butunlay zidligi to‘g‘risida xulosa berilgan.

“Buning asosida Bolalar ombudsmani tomonidan prokuratura organlariga holatga huquqiy baho berish to‘g‘risida so‘rov kiritilgan va D.J.ga nisbatan jinoyat ishi yurituvi olib borilgan”, – deyiladi xabarda.

Ma’lum muddatdan so‘ng, D.J. avvalgidek duduqlanishi bo‘lgan bolalar bilan o‘zining ilmiy asoslanmagan, defektologiyaga daxli yo‘q amaliyotini davom ettirgani qayta kuzatilgan.

Shu bilan birga D.J.ning bola manfaatlariga zid harakatlari yuzasidan 2025-yilning 2-iyun kuni Bolalar ombudsmani Bosh prokuraturaga tegishli so‘rov yuborgan.

Buning natijasida Toshkent shahrining Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror bekor qilinib, ish hujjatlari tergov harakatlarini olib borish uchun Yunusobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.

Tergov bo‘limi tomonidan D.J.ning bola manfaatlariga zid harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														18-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi
21:25 / 17.07.2025

														
														Buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi

Buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi

2025-yilda buxgalterlar ko‘rsatgan xizmatlar narxi 1 milliard so‘mdan oshgan
21:19 / 17.07.2025

														
														Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Siyosatchi Gaaga shahridagi xalqaro anjumanda bu masalaga to‘xtalib o‘tdi
20:36 / 17.07.2025

														
														O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

Bu haqda “Forbes” jurnalining maqolasida so‘z borgan
20:00 / 17.07.2025

														
														O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

Yurtimiz jinoyatchilik indeksida yuqorilashda davom etmoqda
18:22 / 17.07.2025

														
														Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m pora bilan ushlandi

Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m pora bilan ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘…
17:45 / 17.07.2025

														
														Ozodlikka chiqqan fuqarolarga nafaqa tayinlash tartibi belgilandi

Ozodlikka chiqqan fuqarolarga nafaqa tayinlash tartibi belgilandi

Ma’lumot uchun, nafaqa miqdori BHMning 6 baravarini tashkil etadi.
16:34 / 17.07.2025

														
														“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

UzAuto Motors” AJning ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 21-iyuldan boshlab Chevrolet Onix, Tracker va Damas avtomobillarini tij…
15:08 / 17.07.2025

														
														1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qila olmaydi

1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qila olmaydi

Bu bo‘yicha yangi tartib joriy qilinmoqda.
14:25 / 17.07.2025

														
														Sirdaryoda Cobalt beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi

Sirdaryoda Cobalt beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi

“Sodir etilgan yo‘l transport hodisasi natijasida jarohatlanganlar va jabrlanganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
12:17 / 17.07.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

Bu haqda “Forbes” jurnalining maqolasida so‘z borgan
20:00 / 17.07.2025
17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:36 / 16.07.2025
1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qila olmaydi

1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qila olmaydi

Bu bo‘yicha yangi tartib joriy qilinmoqda.
14:25 / 17.07.2025
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Bu safargi cheklovlar asosan neft va neft mahsulotlariga nisbatan bo‘ladi
22:08 / 16.07.2025
“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

UzAuto Motors” AJning ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 21-iyuldan boshlab Chevrolet Onix, Tracker va Damas avtomobillarini tij…
15:08 / 17.07.2025
O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

Mazkur tadbir Osiyo sporti uchun muhim ahamiyatga ega
20:33 / 16.07.2025
Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m pora bilan ushlandi

Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m pora bilan ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘…
17:45 / 17.07.2025
Iroqdagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 50 yaqin kishi halok bo‘ldi

Iroqdagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 50 yaqin kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda yong‘in qurbonlari uchun uch kunlik motam e’lon qilindi.
12:46 / 17.07.2025
Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallasning so‘zlariga ko‘ra, gruzinlar hukumati ma’lum shartlarni bajarishi lozim
18:37 / 16.07.2025
Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Ikki mamlakat ham o‘zining harbiy xarajatlari muhimroq deb hisoblaydi
21:35 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!