$
12621.29 UZS
-103.87
158.44 UZS
-0.21
14596.52 UZS
88.57
35° Kechasi 21°

Toshkent shahar ETK tarmoqdagi uzilishlarga xususiy kompaniyani aybladi

22:12 / 27.07.2025

“Kuni kecha ya’ni 26-iyul kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan 110/35/10 KVli “Yunusobod” podstansiyasidan ta’minlanuvchi “Universam-1” va “Universam-2” uzatmalariga ulangan yer osti kabel tarmoqlari “Veolia Energy” MCHJ XK tomonidan olib borilgan yer qazish ishlari natijasida shikastlangan.

Mazkur ishlar “Veolia Energy” MCHJ XK tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasi bilan kelishuvsiz amalga oshirilgan.

Buning natijasida yuqori kuchlanishli kabel tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelib, Shahriston taqsimlash punkti bilan “Yunusobod” podstansiyasi oralig‘idagi elektr uzatish tarmoqlari ishdan chiqdi.

Oqibatda tumanning 14 ta MFY hududidagi xonadonlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtadi.

Hozirda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tomonidan maxsus tezkor avariya-brigadalari nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.

Elektr ta’minoti ta’mirlash ishlari yakunlangach bosqichma-bosqich tiklanadi” – deya izoh qoldirgan elektr ta’minoti korxonasi o‘z rasmiy press-relizida.

Ammo oradan biroz muddat o‘tib, “Veolia energy” xususiy kompaniyasi bayonot berib, quyidagilarni yozib qoldirgan:

“Ommaviy axborot maydonlarida Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, Yunusobod tuman sudi ro‘parasida olib borilgan ishlar mutasaddi tashkilotlar bilan kelishilmasdan amalga oshirilgani va natijada kabel zararlangani haqidagi xabarlar yuzasidan, “Veolia Energy” quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ko‘rsatilgan manzildagi ishlar tasdiqlangan Toshkent shahar isitish tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash dasturi doirasidagi rejali issiqlik tarmoqlarini yangilash jarayonining bir qismidir. Barcha yer osti ishlari rasmiy ruxsatnoma asosida pudratchi tashkilot tomonidan amalga oshirilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” DUK Toshkent filiali va tegishli xizmat tashkilotlari bilan kelishuvlar ishlar boshlanishidan oldin olingan.

Qazish ishlari davomida kabelning shikastlanishi bo‘yicha holat qo‘shimcha ravishda o‘rganiladi. Biroq ishlar mutasaddi idoralarni xabardor qilmasdan va ularning roziligisiz bajarilgani haqidagi da’volarni qat’iyan rad etamiz.

Biz ochiqlik va mas’uliyat tamoyillariga sodiq qolgan holda, yuzaga kelgan holat yuzasidan barcha manfaatdor tomonlar bilan ochiq muloqotga tayyor ekanligini bildiradi”

Ikkala tomon ham mazkur axborotlaridan keyin hali rasmiy xabar berganicha yo‘q.


O‘zbekiston


														
														2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy yaqqol yetakchi
22:44 / 05.08.2025

														
														6-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

6-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
21:59 / 05.08.2025

														
														Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishning navbatdagi holatlari fosh etildi

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishning navbatdagi holatlari fosh etildi

Navbatdagi holatlar Bekobod, Kasbi va Muborak tumanlarida sodir bo‘ldi
21:24 / 05.08.2025

														
														Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Hozirda mazkur ish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda
20:40 / 05.08.2025

														
														Toshkentda Spark yonib ketdi

Toshkentda Spark yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
15:11 / 05.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning oliy ordeni topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning oliy ordeni topshirildi

Davlatimiz rahbari Oliy davlat mukofoti uchun Xalq Maslahat Kengashi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkmaniston Prezident…
14:20 / 05.08.2025

														
														Toshkentda soxta DXX xodimi ushlandi

Toshkentda soxta DXX xodimi ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:18 / 05.08.2025

														
														Samarqandda yangi avtovokzal ishga tushdi

Samarqandda yangi avtovokzal ishga tushdi

Yangi avtovokzalning ishga tushirilishi natijasida 300 nafar aholi uchun doimiy ish o‘rni yaratilgan.
11:58 / 05.08.2025

														
														Iyul oyida “svet” va gazdan noqonuniy foydalanish ortidan tizimga 96 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

Iyul oyida “svet” va gazdan noqonuniy foydalanish ortidan tizimga 96 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi org…
11:25 / 05.08.2025

														
														Zo‘ravonlik va shilqimlik uchun 6 mingdan ortiq shaxs javobgarlikka tortilgan

Zo‘ravonlik va shilqimlik uchun 6 mingdan ortiq shaxs javobgarlikka tortilgan

Ma’lum qilinishicha, 2025-yilning birinchi yarmida mazkur moddalar asosida quyidagi huquqbuzarliklar aniqlangan.
10:55 / 05.08.2025

Bu ham qiziq

Samarqandda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

Samarqandda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

“Samarqand viloyatida “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qa…
10:30 / 05.08.2025
2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy yaqqol yetakchi
22:44 / 05.08.2025
OPEK tarkibiga kiruvchi davlatlar neft qazib olishni ko‘paytirishga kelishib oldi

OPEK tarkibiga kiruvchi davlatlar neft qazib olishni ko‘paytirishga kelishib oldi

Kelishuvda sutkasiga 548 000 barrelgacha neft qazib olish ko‘zda tutildi
21:18 / 04.08.2025
Iyul oyida “svet” va gazdan noqonuniy foydalanish ortidan tizimga 96 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

Iyul oyida “svet” va gazdan noqonuniy foydalanish ortidan tizimga 96 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi org…
11:25 / 05.08.2025
Avazadagi konferensiya doirasida davlat rahbarlari madaniy tadbirlarda ishtirok etdilar

Avazadagi konferensiya doirasida davlat rahbarlari madaniy tadbirlarda ishtirok etdilar

Davlat rahbarlari Avazadagi milliy pavilonlarni borib ko‘rdilar
21:54 / 05.08.2025
Braziliya sobiq prezidenti qamoqqa olindi

Braziliya sobiq prezidenti qamoqqa olindi

U o‘g‘illarining ijtimoiy tarmoqlaridagi postlari sababli aybdor deb topilgan va uy qamog‘iga hukm qilingan.
12:38 / 05.08.2025
OpenAI sun’iy intellekti 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 2,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi

OpenAI sun’iy intellekti 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 2,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi

Kompaniya bu borada “Netflix” va “Tik-tok” kabi gigant kompaniyalarni ham ortda qoldirdi
18:17 / 04.08.2025
Samarqandda yangi avtovokzal ishga tushdi

Samarqandda yangi avtovokzal ishga tushdi

Yangi avtovokzalning ishga tushirilishi natijasida 300 nafar aholi uchun doimiy ish o‘rni yaratilgan.
11:58 / 05.08.2025
Maktabdagi hashar ortidan direktor ishdan olindi

Maktabdagi hashar ortidan direktor ishdan olindi

Xabarlar yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
09:24 / 05.08.2025
5-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

5-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:52 / 04.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!