$
12621.29 UZS
-103.87
158.44 UZS
-0.21
14596.52 UZS
88.57
35° Kechasi 21°

Farg‘onada Pokiston bilan hamkorlikda tibbiyot universiteti tashkil etiladi

19:43 / 31.01.2022

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Pokiston Islom Respublikasidan kelgan tadbirkorlar delegatsiyasini qabul qildi.
Pokistonning Peshavordagi taniqli Xayber tibbiyot universiteti, shuningdek Shifa International klinikalar tarmog‘i, SANS MED International kompaniyasi, O‘zbekistondagi tibbiy oliy ta’lim muassasalariga pokistonlik talabalarni yo‘naltirishga ixtisoslashgan “Asl Pharma” kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuvda pokistonliklarning Farg‘onadagi hamkori, “Meridian Diagnostic Hospital” rahbari Nurillo Mamasadiqov ham ishtirok etgan.

Uchrashuvda Farg‘ona shahrida O‘zbekiston – Pokiston hamkorligida Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti (Central Asian Medical University) tashkil etish bilan bog‘liq masala muhokama qilingan.

Ma’lum qilinishicha, loyiha tashabbuskorlari viloyat rahbariga yangi universitetni tashkil etish bo‘yicha o‘z rejalarini bayon qildi. Joriy yildayoq dastlabki talabalarni qabul qilishi maqsad qilingan oliygohda ilk bosqichda davolash ishi, pediatriya va stomatologiya yo‘nalishlari ochiladi.

Pokistonlik tadbirkorlar universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun birinchi bosqichda 2 million AQSh dollari, keyingi yilda esa talabalar amaliyot o‘tashlari uchun o‘z klinikalarini tashkil etish uchun 10 million dollargacha mablag‘ yo‘naltirishlarini ma’lum qilishdi. Talabalarga dars berish uchun Pokiston, Angliya va AQShdan tajribali professor-o‘qituvchilar ham jalb etiladi.

Viloyat hokimi hozirda O‘zbekistonda davlat tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda davlat-xususiy sheriklik tamoyilidagi hamda xususiy tibbiyot tizimi ham jadal rivojlanib borayotganini qayd etib, ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash dolzarblik kasb etayotganini, shu nuqtai nazardan Farg‘onada xorijiy ta’lim tajribasiga asoslangan tibbiyot oliygohini tashkil etilishi to‘la qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida Farg‘ona viloyati hokimligi, Xayber tibbiyot universiteti hamkori sifatida SANS MED International kompaniyasi hamda “Meridian Diagnostic Hospital” MCHJ o‘rtasida Farg‘ona shahrida Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti tashkil etish masalasida uch tomonlama o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan.


Bu ham qiziq

Samarqandda yangi avtovokzal ishga tushdi

Samarqandda yangi avtovokzal ishga tushdi

Yangi avtovokzalning ishga tushirilishi natijasida 300 nafar aholi uchun doimiy ish o‘rni yaratilgan.
11:58 / 05.08.2025
Avaza shahrida Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhammedov o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

Avaza shahrida Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhammedov o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
19:01 / 05.08.2025
6-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

6-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
21:59 / 05.08.2025
Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning oliy ordeni topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning oliy ordeni topshirildi

Davlatimiz rahbari Oliy davlat mukofoti uchun Xalq Maslahat Kengashi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkmaniston Prezident…
14:20 / 05.08.2025
5-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

5-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:52 / 04.08.2025
DXX Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni A.U.Ye. nomli jinoiy harakatdan ogohlikka chaqirdi

DXX Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni A.U.Ye. nomli jinoiy harakatdan ogohlikka chaqirdi

“A.U.Ye. yoshlar va mehnat muhojirlari hayotini vayron qiluvchi xavfli tuzilma. Nafaqat ota-onalar, balki mehnat muhojirlari…
10:00 / 05.08.2025
Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Hozirda mazkur ish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda
20:40 / 05.08.2025
Braziliya sobiq prezidenti qamoqqa olindi

Braziliya sobiq prezidenti qamoqqa olindi

U o‘g‘illarining ijtimoiy tarmoqlaridagi postlari sababli aybdor deb topilgan va uy qamog‘iga hukm qilingan.
12:38 / 05.08.2025
Turkmanistonga yetib borgan Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhammedov bilan uchrashuv o‘tkazdi

Turkmanistonga yetib borgan Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhammedov bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
20:36 / 04.08.2025
Toshkentda Spark yonib ketdi

Toshkentda Spark yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
15:11 / 05.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!