$
12142.10 UZS
-52.11
150.53 UZS
0.56
14079.98 UZS
95.66
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonning Avstraliyadagi yangi elchisi tayinlandi

10:25 / 29.11.2025

“O‘zbekiston elchisi (qarorgohi Singapur shahrida) Alisher Qayumov kecha Avstraliya General-gubernatori Samanta Mostinga ishonch yorliqlarini topshirdi”, deb xabar bermoqda “Dunyo” agentligi.

Rasmiy marosim Kanberra shahrining “Government House” rezidensiyasida bo‘lib o‘tdi.

Avstraliya General-gubernatori bilan suhbat davomida so‘nggi yillarda tobora rivojlanib borayotgan O‘zbekiston-Avstraliya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilm-fan, ta’lim va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari batafsil muhokama qilingan.

Samanta Mostin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholab, davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va xalqaro biznes uchun qulay investitsiya muhitini yaratish borasida erishilgan natijalarni alohida qayd etgan.

Avstraliya va O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘rtasidagi o‘xshashliklar, xususan, paxtachilik va tog‘-kon sanoati sohalari muhim rol o‘ynashi qayd etilib, bu innovatsiya va investitsiyalar yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik uchun keng istiqbollarni yaratishi ta’kidlangan.

Shuningdek, General-gubernator yaqinda Samarqandda bo‘lib o‘tgan YUNESKO bosh konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilganini ta’kidlab, avstraliyalik turistlar uchun O‘zbekiston tobora jozibador yo‘nalishga aylanayotganini bildirdi.

Suhbat yakunida Samanta Mostin ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirib, O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga samimiy tilaklarini yetkazdi.

Ma’lumot uchun, Alisher Qayumov O‘zbekistonning Singapurdagi (2018-2024) va Avstraliyada (2022-2024) o‘rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Singapurda) bo‘lib ishlagan Qahramon Shokirov o‘rniga tayinlangan. 2024-yil 30-aprel kuni Alisher Qayumov Singapur Prezidenti Tarman Shanmugaratnamga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

 


O‘zbekiston


														
														Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026

														
														Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026

														
														Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026

														
														2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:59 / 01.04.2026

														
														Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘y…
12:37 / 01.04.2026

														
														Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o…
11:42 / 01.04.2026

														
														Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Bu yilgi mavsumdan Qonunchilik palatasining har bir deputatiga ham o‘z okrugida yashil hudud, yashil bog‘ yaratishi uchun 41…
11:29 / 01.04.2026

														
														Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston R…
09:23 / 01.04.2026

														
														Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish …
09:16 / 01.04.2026

														
														1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:37 / 31.03.2026

Bu ham qiziq

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Qarorga ko‘ra, 2026-yildan oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan yashil kampus loyihalari ishlab chiqiladi va Ekologiya qo‘mit…
12:24 / 30.03.2026
Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lo…
17:28 / 31.03.2026
Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTH oqibatida Cobalt avtomashinasining 1 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
16:39 / 29.03.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston R…
09:23 / 01.04.2026
31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:41 / 30.03.2026
“O‘zgidromet” hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

🔷Joriy yilning 31-mart va 2-6-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hud…
14:47 / 30.03.2026
Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Raqobat qo‘mitasi propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta kompaniyani jarimaga tortdi.
13:11 / 31.03.2026
Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

2026-yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonala…
09:30 / 31.03.2026
Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!