“Ulardan besh nafari hozirda Avstraliya politsiyasi himoyasida bo‘lib, allaqachon siyosiy boshpana so‘rab murojaat qildi, qolgan ikki futbolchining taqdiri esa hozircha noma’lum”, – deya xabar bermoqda CNN Sports.
Eron ayollar terma jamoasining bir necha futbolchisi mart oyi boshida ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogining ochilish o‘yinida Janubiy Koreyaga qarshi bahsdan avval Eron davlat madhiyasini kuylashdan bosh tortgandi.
Shundan so‘ng sportchilar Eron davlat ommaviy axborot vositalari tomonidan keskin tanqidga uchradi. Futbolchilar Avstraliyadagi mehmonxonada o‘z nazoratchilaridan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan va hozirda Kvinslend shtati politsiyasi himoyasida xavfsiz joyda qolmoqda.
Faollar va sportchilarning yaqinlariga ko‘ra, agar ular vataniga qaytsa, o‘lim jazosiga duchor bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!