$
12020.48 UZS
4.52
158.77 UZS
-1.53
14048.33 UZS
-3.13
31° Kechasi 18°

Mirzo Ulugʻbek tumanida raqamli boshqaruv va xavfsizlikning yangi modeli joriy etilmoqda

17:39 / 23.04.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari dastlab hokimlik binosi yonidagi Salar kanali ustiga qurilgan koʻprikni borib koʻrdi, hududdagi koʻkalamzorlashtirish ishlarini koʻzdan kechirdi va shu yerda koʻchat ekdi.

Shundan soʻng tuman hokimligi binosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Prezidentimiz 1992-1996-yillarda Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Hokimlik binosida davlatimiz rahbari hokim boʻlib ishlagan davrdagi qiyofada qayta tiklangan xizmat kabineti va xizmat avtomobili koʻrsatildi. Davlatimiz rahbari hokimligi paytida qabul qilgan eng muhim qarorlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Tanishuv chog‘ida Prezidentimiz o‘sha vaqtdagi faoliyatidan xotiralari bilan bo‘lishdi.

Shu paytgacha Mirzo Ulugʻbek tumanida jamoat xavfsizligi, transport, ijtimoiy yordam, kommunal, moliya va bank kabi 30 ta tashkilot oʻz yoʻnalishi boʻyicha alohida-alohida, tarqoq holda ishlayotgan edi. Yagona tizim yoʻqligi aholi murojaatini tezkorlik bilan hal qilishga katta toʻsiq boʻlayotgan, ortiqcha vaqt va sarsongarchilikka sabab boʻlardi.

Hozir hokimlikda vaziyatlar markazi tashkil etilib, sunʼiy intellekt asosida tahlil qilish, muammolarni tezkor aniqlash va hal etish boʻyicha “Aqlli tuman” platformasi yaratildi. Muhimi, tumandagi barcha mahalla vakillari bilan onlayn muloqot qilish, vaziyatdan doimo xabardor boʻlish imkoniyati yaratilgan.

Bu yerda ijtimoiy va kommunal muammolar monitoring qilinadi, aholi murojaatlari ijrosi nazoratga olinadi, favqulodda holatlarda tegishli xizmatlar faoliyati tezkor boshqariladi va muvofiqlashtiriladi.

Platforma tarkibidagi “Xavfsiz tuman” tizimi huquqbuzarliklarni monitoring qilish va jamoat xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi. Tadbirkorlik subyektlarining raqamli xaritasi sunʼiy intellekt tahlili asosida soliq tushumlarini prognoz qilish va ularning yigʻiluvchanligini taʼminlashga qaratilgan. “AI Davomat” tizimi esa maktablarda sababsiz dars qoldirish holatlarini bartaraf etish, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday platformalar Chilonzor, Shayxontohur va Olmazor tumanlarida ham ishga tushirildi.

Prezidentimiz vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishib, ushbu yangi tizimni poytaxtning qolgan tumanlarida ham joriy etishga topshiriq berdi. Barcha viloyat hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar, xavfsizlik va soliq idoralari rahbarlari Mirzo Ulugʻbek tumaniga kelib, ushbu yangi tizimni oʻrganishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.


Bu ham qiziq

“Temur tuzuklari” ilk bor belarus tiliga tarjima qilindi

“Temur tuzuklari” ilk bor belarus tiliga tarjima qilindi

Temur tuzuklari asari ilk bor belarus tiliga tarjima qilinib, “Ulaženne Cjāmura” nomi ostida chop etildi.
12:08 / 25.04.2026
Trampga suiqasd qilgan erkak mehmonxonaga bir kun oldin joylashgani aniqlandi

Trampga suiqasd qilgan erkak mehmonxonaga bir kun oldin joylashgani aniqlandi

“Ushbu xonalardan birini o‘t ochgan 31 yoshli erkak band qilgan, u voqeadan bir kun oldin ro‘yxatdan o‘tgan, bu unga Hilton …
15:21 / 27.04.2026
Toshkent shahar hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent shahar hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
09:38 / 27.04.2026
Toshkentda 40 va 20-sonli avtobuslar harakat yo‘nalishi o‘zgaradi

Toshkentda 40 va 20-sonli avtobuslar harakat yo‘nalishi o‘zgaradi

Toshkent shahrida 2026-yil 27-apreldan boshlab ikki avtobus yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgarishlar joriy etiladi. Bu haqda shahar …
09:44 / 25.04.2026
Andijondagi istirohat bog‘ida attraksion qulab tushdi

Andijondagi istirohat bog‘ida attraksion qulab tushdi

Andijon viloyati FVB Bog‘ishamolda ro‘y bergan hodisa to‘g‘risida ma’lumot berdi.
11:39 / 27.04.2026
Toshkent viloyatida narkolaboratoriya fosh etildi

Toshkent viloyatida narkolaboratoriya fosh etildi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bil…
09:27 / 27.04.2026
Namanganda noqonuniy pul o‘tkazmalari bilan shug‘ullangan guruh ushlandi

Namanganda noqonuniy pul o‘tkazmalari bilan shug‘ullangan guruh ushlandi

Namangan viloyatining Davlatobod tumanida noqonuniy ravishda yirik miqdordagi pul o‘tkazmalari bilan shug‘ullangan jinoiy gu…
16:01 / 25.04.2026
Yekaterinburgdagi dron hujumida 6 kishi jarohat oldi, evakuatsiya amalga oshirildi

Yekaterinburgdagi dron hujumida 6 kishi jarohat oldi, evakuatsiya amalga oshirildi

Yekaterinburgda turar joy majmuasiga dron hujumi oqibatida 6 kishi jabrlangan, 50 nafar aholi evakuatsiya qilingan.
12:20 / 25.04.2026
Gulnora Karimovaning uzoq yillik korrupsiya ishi bo‘yicha sud jarayoni Shveysariyada bo‘lib o‘tadi

Gulnora Karimovaning uzoq yillik korrupsiya ishi bo‘yicha sud jarayoni Shveysariyada bo‘lib o‘tadi

Gulnora Karimovaga oid xalqaro korrupsiya ishi bo‘yicha sud jarayoni 2026-yil 27-aprel kuni Bellinzona shahridagi Federal ji…
10:16 / 25.04.2026
490 minglik 2 gektar maydon noqonuniy sotilayotgani fosh bo‘ldi

490 minglik 2 gektar maydon noqonuniy sotilayotgani fosh bo‘ldi

Samarqandda 2 gektar yer maydonini 490 ming AQSh dollariga noqonuniy sotishga urinish holati fosh etildi.
14:49 / 25.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!