Temur tuzuklari asari ilk bor belarus tiliga tarjima qilinib, “Ulaženne Cjāmura” nomi ostida chop etildi. Loyiha O‘zbekiston Milliy universiteti va Belarus davlat pedagogika universiteti hamkorligidagi qo‘shma innovatsion ta’lim dasturi doirasida amalga oshirilgan.
Tarixiy, hujjatli va avtobiografik jihatlarni o‘zida mujassam etgan ushbu asar ilk bor belarus tiliga o‘girilmoqda. Nashr “Amir Temur oyligi” doirasida chop etilib, Belarus kitobxonlari uchun Temuriylar davri davlat boshqaruvi va tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lishi kutilmoqda.
Ikki yil davom etgan ilmiy izlanishlar natijasida asar tarjima qilinib, nashr etilgan. Mutaxassislar fikricha, bu nashr ikki xalq o‘rtasidagi madaniy-ma’naviy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Prezident tashabbusi bilan Temur tuzuklarini turli xorijiy tillarda chop etish hamda 2030-yilgacha noyob qo‘lyozmalarni raqamlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” amalga oshirilayotgani qayd etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!