Niderlandiyaning Maastrixt shahridagi Muqaddas Pyotr va Pavel cherkovida mashhur fransuz mushketyori d’Artanyanga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan skelet topildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, skelet cherkov pol qismi cho‘kib ketganidan so‘ng, qarorgoh yaqinidan aniqlangan. Qazish ishlari davomida inson suyaklari bilan birga fransuz tangasi ham topilgan, bu esa dafn marosimi yuqori martabali shaxsga tegishli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Tarixiy manbalarga ko‘ra, d’Artanyan 1673-yilda Maastrixt qamalida halok bo‘lgan va shu hududda dafn etilgan bo‘lishi ehtimol qilinadi. Hozirda olimlar jag‘ suyaklaridan olingan DNK namunalarini laboratoriyada tekshirmoqda.
Tadqiqotchilar natijalar d’Artanyan shaxsiga tegishli bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti, biroq yakuniy xulosa DNK tahlilidan so‘ng e’lon qilinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!