Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi Kiberxavfsizlik markazi DUK xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari sizdirilgani va sotuvga qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, darknet platformalaridan birida noma’lum shaxs markaz tizimlariga kirgani, 100 ga yaqin xodim haqidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritgani va ularni 200 ming dollar evaziga sotishni taklif qilgani iddao qilingan. U bu ma’lumotlar orasida ism-familiya, lavozim va shaxsiy identifikatsiya raqamlari borligini ham bildirgan.
Biroq Kiberxavfsizlik markazi ushbu xabarlarni rad etdi. Rasmiy bayonotga ko‘ra, o‘tkazilgan dastlabki tekshiruvlar natijasida tarqatilayotgan ma’lumotlar haqiqatga mos emasligi aniqlangan.
Shuningdek, markaz ichki axborot tizimlari buzilmagani va bunday bazalardan foydalanish holatlari qayd etilmagani ta’kidlangan.
Mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganishlar davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!