Kreml “Tisa” partiyasi yetakchisi Peter Magyarni Vengriya parlament saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabriklamaydi, deb ma’lum qildi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Biz do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarga tabriklar yubormaymiz. Vengriya esa do‘stona bo‘lmagan mamlakat; u bizga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi”, – dedi u Life jurnalisti Aleksandr Yunashevga.
Peskovning qo‘shimcha qilishicha, Moskva Vengriyaning yangi rahbariyatining umumiy yo‘nalishi pragmatikmi yoki siyosiylashtirilganmi, buni kuzatib boradi. Shuningdek, u Rossiya bosh vazir Orban bilan muloqotda bo‘lganini ta’kidladi.
“Biz yaxshi, o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatishga ochiqmiz”, – deb ta’kidladi Kreml vakili.
Kecha Vengriyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi, bu Kiyev va Yevropa Ittifoqining amaldagi bosh vazir partiyasining hokimiyatda qolishiga yo‘l qo‘ymaslikka urinishlari fonida sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!