AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Suhbat bir yarim soatdan ortiq davom etgan.
Muloqot chog‘ida Ukraina mojarosi, o‘t ochishni to‘xtatish masalalari hamda xalqaro kun tartibidagi dolzarb mavzular muhokama qilindi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuri Ushakov ma’lum qilishicha, Tramp Rossiya tomonidan ilgari e’lon qilingan Pasxa o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusini ijobiy baholagan. Shuningdek, u 9-may — G‘alaba kuni munosabati bilan yangi o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusini ham qo‘llab-quvvatlagan.
Putin esa harbiy harakatlar davom etayotganini ta’kidlab, Rossiya o‘z maqsadlariga erishishini bildirgan. Shu bilan birga, tomonlar Ukraina mojarosini diplomatik yo‘l bilan hal etish imkoniyatlarini ham muhokama qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!