30-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Andrey Babish Kengaytirilgan hamkorlikni ilgari surish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida iqtisodiyot, sanoat, ilmiy-texnologik hamkorlik, diplomatik kadrlarni tayyorlash kabi qator yo‘nalishlarda bitimlar imzolandi. Metrologiya laboratoriyasini birgalikda loyihalash va tashkil etish, ushbu sohada ilmiy-innovatsion hamkorlikni rivojlantirish hamda geologiya yo‘nalishidagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Bundan tashqari, elektropoyezdlarni yetkazib berish va boshqa bir qator muhim sohalarni qamrab olgan ikki tomonlama hujjatlar ham imzolandi. Ushbu bitimlar O‘zbekiston–Chexiya hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!