$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
41° Kechasi 24°

Kelgusi yilda maktablarni internet bilan taʼminlash ishlariga qancha mablagʻ ajratilishi maʼlum qilindi

08:12 / 19.11.2021

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yigʻilishida “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisidagi”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Tegishli vazirlik va idora rahbarlari ishtirokida oʻtgan yigʻilishda taʼkidlanganidek, qonun loyihasida kelgusi yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 200 trln. soʻm yoki YAIMga nisbatan 23,8 foiz miqdorida prognoz qilinmoqda.

Shundan kelib chiqib, 2022-yil uchun Davlat byudjeti xarajatlari 214,8 trln. soʻm miqdorida belgilanmoqda.

Maʼlum qilinishicha, kelgusi yilda ham ijtimoiy soha xarajatlari yana oshiriladi va uning qariyb 45 foizi taʼlimga yoʻnaltirilmoqda. Jumladan, maktabgacha taʼlimga tarbiyalanuvchilar qamrovi oshganligi uchun 8,6 trln. soʻm, xalq taʼlimiga 30,8 trln. soʻm, oʻrta maxsus va oliy taʼlimga esa 7,5 trln. soʻm ajratish koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, olis va chekka hududlarda 1 600 ta bogʻcha tashkil etish uchun 1,5 trln soʻm subsidiya va kompensatsiya ajratilishi, maktablarda taʼlim sifatini oshirish, yangi avlod darsliklarni ishlab chiqish va chop etish uchun Kitob jamgʻarmasiga 605 mlrd. soʻm, maktablarni internet bilan taʼminlash ishlarini yakuniga yetkazish uchun 152 mlrd. soʻm ajratish rejalashtirilyapti.

Bundan tashqari, yigʻilishda 2022-yilda Davlat byudjetidan sogʻliqni saqlash sohasiga 24,0 trln. soʻm mablagʻ yoki joriy yil tasdiqlangan rejaga nisbatan 3,5 trln. soʻm koʻp mablagʻ ajratish koʻzda tutilgani aytildi.


Bu ham qiziq

Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi
18:49 / 03.07.2025
O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

Markaziy o‘yin Jizzaxda kechadigan bo‘ldi
20:43 / 03.07.2025
Andijonda IIB xodimi pichoqlab o‘ldirildi

Andijonda IIB xodimi pichoqlab o‘ldirildi

Olgan jarohati natijasida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan A. Abduvaliyev shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.
14:45 / 02.07.2025
AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

“AQSh uchun Ukraina endi ustuvor yo‘nalish emas, Vashington tashqi siyosatining markazida ham emas”, — dedi Ukraina Oliy Rad…
09:30 / 03.07.2025
Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Haydovchilarga muqobil yo‘llardan yurish tavsiya qilingan
21:14 / 03.07.2025
Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

15 ming AQSH dollari talab qilgan sudyaning noqonuniy harakatlari fosh etildi
19:21 / 03.07.2025
Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Futbolchi Turkiya chempionatidagi grand klub safiga o'tadi
23:16 / 03.07.2025
KJCh. “Chelsi” va “Fluminense” yarim finalga yo‘l oldi

KJCh. “Chelsi” va “Fluminense” yarim finalga yo‘l oldi

Endi final yo‘llanmasi uchun Angliyaning “Chelsi” klubi “Fluminense”ga qarshi maydonga chiqadi.
09:42 / 05.07.2025
Yandex Go haydovchilari va kuryerlari 2024-yilda 530 million dollar daromad qilishgan

Yandex Go haydovchilari va kuryerlari 2024-yilda 530 million dollar daromad qilishgan

Yandex Go‘ning O‘zbekistondagi haydovchilari, kuryerlari va hamkorlari 2024-yilda umumiy hisobda 530 million dollar daromad …
13:47 / 04.07.2025
Ukraina va Buyuk Britaniya dron ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil qildi

Ukraina va Buyuk Britaniya dron ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil qildi

Raybird turkumidagi razvedka dronlari Britaniyada ishlab chiqariladi va Ukraina hamda NATO armiyalariga yetkazib beriladi.
16:51 / 03.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!