$
11960.09 UZS
-71.16
152.53 UZS
-0.71
13670.38 UZS
-94.57
31° Kechasi 18°

Andijonda “Andijon polkasi” oyligi va raqsga tushayotgan talabalar (video)

15:15 / 26.04.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning topshirig‘i ekani aytilib, viloyatda “Andijon polkasi” oyligi eʼlon qilingani taʼkidlangan xabarnoma surati tarqalmoqda.

Unga ko‘ra, “Andijon polkasi” kuyi yaratilganligining 100 yilligi hamda shu nomdagi xalq raqs ansambli tashkil etilganligining 65 yilligi munosabati bilan joriy yil 25-apreldan eʼtiboran barcha tashkilotlar, xususan, “o‘zini haqiqiy andijonlikman deb bilganlar” har kuni Andijon polkasi raqsiga tushishni odat tusiga kiritishlari bo‘yicha viloyatda “Andijon polkasi” oyligi eʼlon qilingan.

Shuningdek, bu borada chelenjlar va fleshmoblar tashkil qilish orqali ham Andijon polkasini ommalashtirish zarurligi belgilangan.

Tashkilot va idoralar rahbarlari yuqorida belgilab berilgan tadbirlar natijasi haqida har juma kuni soat 15:00 ga qadar viloyat hokimligi turizm kotibiyatiga fotoalbomni ilova qilgan holatda hisobot topshiradilar.

Mazkur topshiriqning ijrosi yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi allaqachon ish boshlagan. Hokimlik axborot xizmati tumandagi Tibbiyot texnikumi, Pedagogika kolleji talabalari hamda 1-son kasb-hunar maktabining o‘quvchilarining Andijon polkasiga raqs tushayotgani aks etgan videolarni eʼlon qildi.


Bu ham qiziq

Hozir banklar balansida 9 trillion 300 milliard so‘mlik 2 ming 411 ta mol-mulk sotilmay turibdi.

Hozir banklar balansida 9 trillion 300 milliard so‘mlik 2 ming 411 ta mol-mulk sotilmay turibdi.

Har bir obyektning bank balansida asosli turgani tahlil qilinadi. Xaridori bor, lekin sun’iy ushlab turilgan obyektlar bo‘yi…
16:09 / 21.07.2026
Shavkat Mirziyoyev: 40 million aholining hayot sifatini yaxshilash uchun iqtisodiyot 9–10 foiz o‘sishi kerak

Shavkat Mirziyoyev: 40 million aholining hayot sifatini yaxshilash uchun iqtisodiyot 9–10 foiz o‘sishi kerak

Bu gaplarni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zi raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari hamda yil yakuniga…
16:06 / 21.07.2026
O‘zbekiston 2027-yilda yuqori-o‘rta daromadli davlatlar qatoriga kirishi mumkin

O‘zbekiston 2027-yilda yuqori-o‘rta daromadli davlatlar qatoriga kirishi mumkin

2027-yilda mamlakatda kishi boshiga YAIM 5 ming dollardan oshishi kutilmoqda. Bu O‘zbekistonga yuqori-o‘rta daromadli davlat…
12:02 / 21.07.2026
Kelgusi o‘n yilda energetika infratuzilmasi uchun 8 milliard dollar talab etiladi.

Kelgusi o‘n yilda energetika infratuzilmasi uchun 8 milliard dollar talab etiladi.

Shu bilan birga, tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish orqali daromadni oshirish bo‘yicha yetarli ish olib borilmayapti. …
16:12 / 21.07.2026
So‘nggi uch yilda eksportbop mahsulot chiqaradigan 509 ta yangi quvvat ishga tushirilgan. Ushbu loyihalar qiymati 11 milliard dollarni tashkil etadi.

So‘nggi uch yilda eksportbop mahsulot chiqaradigan 509 ta yangi quvvat ishga tushirilgan. Ushbu loyihalar qiymati 11 milliard dollarni tashkil etadi.

Lekin bu korxonalarning 208 tasi haligacha eksportga chiqmagan. Agar ular mahsulotining kamida 30-40 foizini eksportga chiqa…
16:25 / 21.07.2026
Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadada ishlab chiqarilgan vinolardan tortib xokkey tayoqchalari va sementgacha bo‘lgan ayrim …
10:44 / 21.07.2026
Yig‘ilishda iqtisodiy barqarorlik uchun eng muhim masalalardan biri – inflyatsiya muhokama qilindi.

Yig‘ilishda iqtisodiy barqarorlik uchun eng muhim masalalardan biri – inflyatsiya muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari bozorda tovar va xizmatlar taklifini ko‘paytirish orqali inflyatsiyani jilovlash vazifasi qo‘yilganini es…
16:46 / 21.07.2026
Tashqi savdo yuklarining 70 foizi, ya’ni 46 million tonnasi temir yo‘l orqali tashiladi.

Tashqi savdo yuklarining 70 foizi, ya’ni 46 million tonnasi temir yo‘l orqali tashiladi.

Shu bilan birga, ushbu yo‘nalishda tadbirkorlardan e’tirozlar ko‘pligi qayd etildi.
16:31 / 21.07.2026
2026-yilgi mundial FIFA uchun rekord daromad keltirdi

2026-yilgi mundial FIFA uchun rekord daromad keltirdi

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati FIFA tarixidagi eng daromadli turnirga aylandi.
12:07 / 21.07.2026
Angliya Fransiyani mag‘lub etib, Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi

Angliya Fransiyani mag‘lub etib, Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi

19-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun bahsida Angliya terma jamoasi Fransiyani 6:4 hisobida …
11:09 / 19.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!