$
12632.22 UZS
22.05
134.39 UZS
-0.85
13478.58 UZS
-48.35
27° Kechasi 14°

Andijon shahar hokimi qamoqqa olinganligi aytilmoqda

11:12 / 07.06.2022

Andijon shahar hokimi katta miqdorda byudjet mablag‘larini talon-taroj qilganlikda gumonlanib qamoqqa olindi.

Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, jinoyat ishi doirasida 6 iyun kuni Andijon shahar sobiq hokimi gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan.

Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida esa boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov katta miqdorda byudjet mablag‘larini talon-taroj qilganlikda gumonlanib tergovga jalb qilingan edi.

Kunuz nashrining yozishicha, Andijon shahar hokimi eski lavozimida (viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i) ishlagan vaqtda sheriklari bilan 48 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan. Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov ishi doirasida 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olingan. Hozircha yetkazilgan zararning atigi 23 foizi qoplangan. Tergovni Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi olib borayotgani maʼlum.

Bahromjon Haydarov avvalroq hokim sifatida ham yer ajratish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga 1,7 milliard so‘mdan ortiq zarar keltirgan.

Haydarov, shuningdek, joriy yil 28-may kuni deputat dahlsizligi huquqidan mahrum qilingan edi.


Bu ham qiziq

Venesuelada talabalarning Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Venesuelada talabalarning Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Yuzlab talabalar shaharning markaziy ko‘chalaridan biri bo‘ylab yurish qilgan.
14:34 / 01.05.2024
Oyog‘izngiz muntazam og‘riyotgan bo‘lsa, kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin

Oyog‘izngiz muntazam og‘riyotgan bo‘lsa, kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin

Quyida ular haqida batafsil ma’lumot beramiz.
14:34 / 02.05.2024
Yevropa kutubxonalaridan rus yozuvchilarining 170 dan ortiq nodir kitoblari o‘g‘irlangan

Yevropa kutubxonalaridan rus yozuvchilarining 170 dan ortiq nodir kitoblari o‘g‘irlangan

Eng ko‘p o‘g‘irlangan asarlar orasida Aleksandr Pushkinning asarlari bor.
12:28 / 02.05.2024
Vashingtonda Falastinni qo‘llab-quvvatlab, namoyish o‘tkazildi

Vashingtonda Falastinni qo‘llab-quvvatlab, namoyish o‘tkazildi

Amerika poytaxti markazida Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘nlab namoyishchilar shaharning Markaziy ko‘chalari bo‘ylab …
09:49 / 02.05.2024
O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

Uchrashuvda Qambarota GES-1 va “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihalarining amaliy jihatlariga a…
15:54 / 02.05.2024
Taniqli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi

Taniqli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi.
12:56 / 02.05.2024
Termiz hayvonot bog‘ida hayvonlar uchun elektron pasport tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

Termiz hayvonot bog‘ida hayvonlar uchun elektron pasport tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

U yerda jami 488 bosh noyob hayvonlar saqlanmoqda.
14:08 / 02.05.2024
Bugun, 2-may kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi

Bugun, 2-may kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 2-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
08:14 / 02.05.2024
Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Ushbu kompaniyalar aniqlangan chiqindilarning deyarli 25 foizini tashkil qiladi.
14:48 / 02.05.2024
Fransiyada mahbuslar soni rekord darajada oshdi

Fransiyada mahbuslar soni rekord darajada oshdi

Bu haqda “Report.az” xabar berdi.
11:10 / 01.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!