$
11785.30 UZS
-9.7
136.13 UZS
0.33
13695.70 UZS
-3.01
31° Kechasi 18°

10 ta OTMning “super-kontrakt”ga kirgan talabalari hujjatlarini soxtalashtirgani aniqlandi

13:40 / 15.03.2022

“O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi qonunga asosan Hisob palatasining 2021 yilgi faoliyati yuzasidan taqdim etgan hisoboti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Deputat Doniyor G‘aniyevning yozishicha, ushbu hisobotda diqqatga sazovor joylari ko‘p. Jumladan, taʼlim tizimidagi soxtakorliklar.

Hisobotda keltirilishicha, oliy taʼlim muassalariga ko‘shimcha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida (“super-kontrakt”) o‘qishga qabul qilingan talabalarning hujjatlari o‘rganilganda, 10 ta oliy taʼlim muassasasida 117 nafar talabani Davlat test markazi maʼlumotnomasidagi ballarini soxtalashtirish orqali ularni “super-kontrakt” summalarining miqdori jami 9,6 mlrd. so‘mga kam hisoblangan.

 Misol uchun, Toshkent tibbiyot akademiyasida 2020-2021-o‘quv yilida fuqaro F.B. kirish imtihonida aslida atigi 56,6 ball olgan bo‘lsa-da, uning to‘plagan bali 132,7 ball etib ko‘rsatilgan hamda undan 279,4 mln. o‘rniga 139,7 mln. so‘m to‘lov-kontrak puli (139,7 mln. so‘m kam) olingan.

 “Oddiy qilib aytganda, oliy taʼlim muassasalariga kirishda aynan korrupsiyani oldini olish maqsadida joriy qilingan “super-kontrakt” tizimining o‘zida ham korrupsiya holatlari aniqlangan. Yaʼni, korrupsiyaga qarshi kurashish orqali ham “soqqa” qilish yo‘lini o‘ylab topishgan. Qoyil qolmay iloji yo‘q”, – deydi deputat.   

Hisobotda keltirilishicha, kelgusida bunday holatlar takrorlanishini oldini olish maqsadida, 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qimoqchi bo‘lganlar uchun onlayn platforma yaratilib, arizalar avtomatik tarzda qabul qilinishi va shartnomalar summasini inson omilining aralashuvisiz hisoblanishi yo‘lga qo‘yilgan. 


Bu ham qiziq

Vashington shtati gubernatori O‘zbekistonni Sietldagi Bosh konsulxona ochilishi bilan tabrikladi

Vashington shtati gubernatori O‘zbekistonni Sietldagi Bosh konsulxona ochilishi bilan tabrikladi

Vashington shtati gubernatori Bob Ferguson O‘zbekistonning Sietl shahridagi Bosh konsulxonasi ochilishi munosabati bilan mam…
15:33 / 07.09.2026
Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir kelgusi yetti yil ichida G‘azo sektoridagi 2 milliondan ortiq falastinlikni …
14:24 / 04.09.2026
O‘zbekistondan ko‘chib ketuvchilar soni kamaydi

O‘zbekistondan ko‘chib ketuvchilar soni kamaydi

2026-yilning yanvar–iyun oylarida 5 422 nafar O‘zbekiston fuqarosi doimiy yashash maqsadida xorijiy davlatlarga ko‘chib ketg…
12:43 / 07.09.2026
Eron AQSHga ogohlantirish berdi: “O‘yin shartlari o‘zgardi”

Eron AQSHga ogohlantirish berdi: “O‘yin shartlari o‘zgardi”

Eron va AQSH o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlar kuchayishi ortidan Tehron Vashingtonni ogohlantirdi. Eron tomoni keyingi hujum…
12:00 / 07.09.2026
Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoa…
15:25 / 05.09.2026
Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

AQShda genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqadan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak inson organizmida 271 kun davomida faoliyat …
14:30 / 04.09.2026
Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Toshkent shahrida o‘quvchilarning maktabga qanday qatnashi va maktab avtobuslariga ehtiyoj mavjudligi o‘rganilmoqda. Bu haqd…
12:51 / 06.09.2026
16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda erta nikoh, 16 yoshga to‘lmaganlarning homiladorligi va tug‘ishi bilan bog‘liq holatlar haqida tegishli organl…
10:57 / 06.09.2026
Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

3-sentabr kuni Akfa Aluminium Group kompaniyasiga investitsiya kiritgan Way II hamkorlariga 2026-yilning birinchi yarim yill…
14:50 / 04.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!