Florida kutilgan huquqiy qiyinchiliklardan omon qolsa, Qo‘shma Shtatlardagi voyaga yetmaganlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga eng qattiq taqiqlardan biri joriy etiladi.
Florida shtatining respublikachi gubernatori Ron Desantis 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishni taqiqlovchi qonunni imzoladi.
14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar buning uchun ota-ona ruxsati kerak bo‘ladi.
Desantis shu yanvar oyi boshida veto qo‘ygan qonunchilik avvalgi qarorlardan yumshoqroqdir. Avvalroq 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ota-onalarning roziligidan qat’i nazar, mashhur ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlagan edi.
Yangi qonun 1-yanvardan kuchga kirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!