Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog‘i asoschisi, biznesmen Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta’til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi NewTimes.kz axborot agentligi.
Tadbirkor o‘z do‘konlarida ishlaydigan xodimlarga xohishiga ko‘ra 10 kunlik qo‘shimcha ta’til talab qilish huquqiga ega ekanligini ma’lum qildi.
“Men har bir xodim erkinlikka ega bo‘lishini istayman. Har bir insonning baxtsiz bo‘lgan paytlari bo‘ladi, shuning uchun siz baxtsiz bo‘lsangiz, ishga kelmang, - dedi Yu.
Ish beruvchi xodimlarning dam olish vaqtlarini erkin belgilashlari, shuningdek, ishdan tashqari dam olishlariga rozi.
“Rahbariyat bu ta’tilni rad eta olmaydi. Rad etish qonunbuzarlikdir”, - deya xulosa qildi u.
Mamlakat aholisi tadbirkorning g‘oyasini butun Xitoy bo‘ylab targ‘ib qilinishiga umid qilishmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!