$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

18 yoshli talaba qiz holsizligi tufayli poyezd relsiga yiqilgan

15:53 / 14.10.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda 18 yoshli talaba qiz o‘zini metro tagiga tashlagani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 12-oktyabr “Alisher Navoiy” metro bekatida xizmat qilayotgan IIO xodimi O.Ilhomov qiz elektr poyezdi stansiyaga yaqinlashayotgan paytda relsga sakrab tushganini payqab, unga yordamga shoshilgan va relsga sakrab tushib uni ko‘tarib tortib olishga harakat qilgan. Mashinist xodimni payqab, darhol elektr poyezdini to‘xtatgan. Bu vaqtda ikkinchi nazoratchi xodim A.Asqarov yordamga yetib kelgan va u ham relsga tushib, qizni birgalikda platformaga ko‘tarib olishgan.

Shundan so‘ng poyezdlar harakati tiklangan. Qiz bilan suhbat o‘tkazilganda, u 2005-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgani, hozirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-kurs talabasi ekani ma’lum bo‘lgan.

Qizga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uning qarindoshlariga voqea haqida xabar berilgan.

Ushbu holat yuzasidan qiz hozirda ta’lim olayotgan Toshkent davlat pedagogika universiteti rasmiy ma’lumot berdi.

Mazkur holat ro‘y berganidan so‘ng universitet rahbariyati talaba qiz bilan uchrashgan va suhbat davomida qiz holsizligi tufayli boshi aylanib, o‘zi bilmagan holda “Alisher Navoiy” metro bekatida yiqilib tushgani ma’lum bo‘lgan.

“Poyezd relsiga sakradi” degan xabarlar asossiz. Hozirgi kunda talabaning ahvoli yaxshi, sog‘ligida hech qanday muammo yo‘q, o‘z uyida ota-onasi bag‘rida. Rahbariyat tomonidan barcha zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratib berildi, - deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!