$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

2 ming 71 nafar ayolga uydan chiqarib haydash orqali tazyiq oʻtkazilgan

19:37 / 27.11.2021

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda “Yangi Oʻzbekistonda oilaviy zoʻravonlikning oldini olish va oilaviy zoʻravonlikdan jabr koʻrganlarga amaliy koʻmak berish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

Unda qayd etilishicha, hozirga qadar xotin-qizlar muammolarini hal etish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan 3 trillion soʻm, imtiyozli bank kreditlaridan 7 trillion soʻm pul ajratilgan.

Ayollarga nisbatan zoʻravonlik va tazyiq holatlari boʻyicha jabrlangan 29 ming 541 nafar xotin-qizning barchasiga “himoya orderi” rasmiylashtirilgan.

Zoʻravonlarning 62 ming 347 nafariga cheklovlar oʻrnatilib, profilaktika inspektorlari tomonidan nazoratga olingan.

Oʻz navbatida, himoya orderida belgilangan cheklovlarga rioya etmagan ming nafardan ortiq shaxs Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 206-1-moddasi, 674 nafari boshqa moddalar asosida maʼmuriy jazoga tortilgan.

Keltirilishicha, joriy yilning oʻtgan davrida sudlar tomonidan ayollarga nisbatan zoʻravonlik va tazyiq oʻtkazish bilan bogʻliq 2 ming 12 jinoyat ishi koʻrilgan boʻlib, ularda 1,6 ming nafardan ziyod shaxsga nisbatan ayblov hukmlari chiqarilgan.

Ushbu toifadagi jinoyatlarni sodir etganlarning 80 foizi hech qayerda ishlamaydigan shaxslar boʻlsa, ularning 19 foizini ayollar tashkil etadi.

Jabrlangan ayollarni uydan chiqarib haydash orqali tazyiq oʻtkazish holatlari boʻyicha 2 ming 71 daʼvo koʻrib chiqilgan boʻlib, shulardan 1,5 mingdan ziyodi yoki 76 foizi boʻyicha daʼvo qanoatlantirilib, tarafni uyga kiritish haqida sud qarorlari qabul qilingan.

Shuningdek, aliment undirishga doir 6 ming 585 ishning 5 ming 275 tasi yoki 80 foizi boʻyicha ariza talablari qanoatlantirilgan.

Bundan tashqari, 8 ming 457 nafar xotin-qiz murojaatlari bevosita prokuratura organlarida koʻrib chiqilib, 2,5 mingdan ortigʻi qanoatlantirilgan, 1 ming 877 nafarining buzilgan huquqlari tiklangan.

Mazkur oʻrganishlar natijasida qoʻpol qonun buzilish holatlari yuzasidan uchta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, 114 protest, 101 taqdimnoma, 96 ogohlantiruv tarzidagi prokuror nazorati hujjatlari qoʻllanilib, 22,9 million soʻm zararlar undirilgan, 92 nafar mansabdor shaxs intizomiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.


Bu ham qiziq

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!