$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

2021-yilda Rossiyaga ishlashga borgan o‘zbekistonlik ayollar soni 10 foizga ortgan

15:00 / 22.01.2022

2021 yilda Rossiyaga ishlashga borgan ayollar soni 10 foizga ortgan va ular endi jami mehnat muhojirlarining 40 foizini tashkil etmoqda. Bu haqda Rossiya Migrasiya tadqiqotlari markazi izlanishlari asosida BBC uzbek cayti xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, Rossiyada mehnat muhojiri bo‘lgan ayollarning eng katta qismi o‘zbekistonliklar.

O‘zbek ayollarining Rossiyaga yo‘l olishi sabablari oiladagi iqtisodiy ahvolni yaxshilash, xususan, uy olish, imorat solish, yaqinlarini davolatish, bolalarini o‘qitish, qarz to‘lash kabi turli maqsadlar bilan izohlangan. 

– Bizni Rossiyaga jo‘natib, bizga berilgan xonaga qaynimga kelin tushirildi. Er-xotin uy olish uchun harakatdamiz, – deydi Xabardor.uz bilan suhbatda bo‘lgan Moskvadagi kirxonalardan birida ishlayotgan samarqandlik ayol. Uning aytishicha, O‘zbekistonda subsidiyada uy olish uchun er-xotinning ish joyi, ish staji, boshlang‘ich to‘lov uchun pullari ham yo‘q ekan.

Tadqiqotlar ayol mehnat muhojirlarining o‘rtacha yoshi 30 yosh ekanini aniqlagan. Qirg‘izistondan ishga borgan xotin-qizlar asosan 30 yoshda bo‘lsa, O‘zbekiston va Tojikistonlik ayollar 30-40 yosh o‘rtasidagi ayollar. Ayrim hollarda 50, hatto 60 yoshdan oshganda mehnat muhojirligini bo‘yniga olgan ayollar ham uchraydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik ayollar Rossiyada asosan farroshlik, idish-tovoq yuvuvchilik, enagalik, uy xizmatchisi, oshpazlik, ko‘cha tozalovchi, sotuvchilik, ofisiantlik, ish yurituvchilik va qurilish sohalarida ishlashadi.

Statistik ma’lumotlar Rossiyadagi muhojir ayollarning 42 foizi xizmat ko‘rsatish va 33 foizi savdo tizimlarida ishlashini qayd etgan.

Ishga borgan ayollar haftada 6 kun va kuniga 12 soatdan mehnat qilishadi.

Tadqiqotlar dam olish kunisiz va tungi smenada ishlaydigan xotin-qizlar “Mehnat kodeksi”da belgilangan ish tartibi asosida ishlaydigan muhojir ayollardan uch barobar ko‘pligini aniqlagan.

Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik ishchi ayollarning o‘rtacha ish haqi 47 ming rubl (600 dollar) atrofida.

Statistikaga ko‘ra, muhojir ayollarning faqat 28 foizi oilali.

Rossiyaga ishlashga borayotgan Markaziy osiyolik ayollarning katta qismi – oila boqishni o‘z zimmasiga olgan xotin-qizlardir.

O‘rganishlar natijasida muhojir ayollarning 21 foizi farzandini Rossiyaga birga olib ketishi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda Rossiya maktablarida o‘qiyotgan muhojir bolalarning soni 140 ming atrofida, voyaga yetmaganlar soni 800 mingdan ko‘pdir.

Rossiya Ta’lim vazirligi migrant bolalar orasida o‘qishga bormayotgan maktab yoshidagi bolalar ham ko‘pligini ta’kidlab keladi.

O‘zbekistonlik muhojir ayollar duch keladigan eng ko‘p muammolardan - firibgarlik, jinsiy zo‘ravonlik va qullik yoki odam savdosi qurboniga aylanish holatlari aksar rasmiy idoralargacha yetib bormaydi. Ayni vaqtda o‘zbekistonlik ayollarning o‘zlari qonunni buzgan hollar ham kuzatiladi. Bu asosan hujjatlarni risoladagidek rasmiylashtirmaslik, noqonuniy tarzda ishlash kabi holatlarda ko‘rinadi.

O‘zbek ayollarining fohishalik va qo‘shmachilik kabi ishlar bilan shug‘ullanishi Moskva va Sankt-Peterburgda qayd etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek ayollarining turli qiyin vaziyatlarga tushib qolgani va turli masalalarda yordam so‘ragan videotasvirlarini ko‘plab uchratish mumkin.

Ayni paytda Rossiyada mehnat muhojirligida bo‘lgan o‘zbekistonlik xotin-qizlarning soni yarim milliondan oshgan.


Bu ham qiziq

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami …
09:17 / 12.11.2026
Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmaganli…
11:02 / 11.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026
Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!