$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

3 ta viloyatda quyosh fotoelektr stansiyalari qurish bo‘yicha tender natijalari e’lon qilindi

13:28 / 16.12.2022

Kecha, 15-dekabr kuni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tender tanlovlarida g‘olib investorlar aniqlandi.

Mazkur loyiha Xalqaro moliya korporasiyasi ko‘magida “umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan quyosh fotoyelektr stansiyalar qurish loyihalarini ishlab chiqish va maslaxat xizmatlarini ko‘rsatish Dasturi” (“IFC Scaling Solar program”) doirasida amalga oshirilmoqda.

3-bosqichda Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish loyihasi amalga oshirilgan.

Mazkur loyiha bo‘yicha tenderning 1-bosqichi (RFQ) 2021-yil 31-avgustda o‘tkazilib, undan 11 ta xalqaro kompaniya muvaffaqiyatli o‘tdigan. 2-bosqich (RFP) esa 2022-yil 11-noyabrda yakunlanib, 11 ta kompaniya orasidan 4 ta kompaniya belgilangan muddatgacha takliflarini taqdim etgan. Bular:

1. “Abu Dhabi Future Energy Company” – “Masdar” (BAA) – 3 ta loyihaga;
2. “Alarko Holding AS” (Turkiya) – o‘rta va kichik loyihaga;
3. “GD Power” – “Powerchina” konsorsiumi (Xitoy) - 3 ta loyihaga;
4. “Voltalia SA” (Fransiya) – kichik loyihaga.

“Ushbu loyiha O‘zbekiston hukumati tomonidan xususiy moliyalashtiriladigan va boshqariladigan qayta tiklanuvchi energetika loyihalarini rivojlantirish orqali yashil energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismidir. Shuningdek, bu mamlakatimizga aholi manfaatlari uchun energiya manbalari narxlarini pasaytirish, qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramligini kamaytirish va energiya ishlab chiqarishda atmosferaga zararli chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha umumiy maqsadlarimizga erishishga xizmat qiladi”, – dedi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov tender tanlovida g‘olib investorlarni aniqlashga bag‘ishlangan marosimda.

Moliya vaziri Temur Ishmetovga ko‘ra, avvallari davlat byudjeti yoki davlat qarzi hisobiga qurilayotgan elektr stansiyalar so‘nggi-yillarda xususiy mablag‘lar hisobiga qurilmoqda. 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida DXSH tamoyillari asosida 14 mlrd. dollarlik loyihalarni, jumladan energetika sohasida 3,2 mlrd. dollarlik 9 ta loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. 2023-yilda yana ikkita loyiha – quyosh va shamol stansiyalari bo‘yicha tenderlar yakunlanishi kutilmoqda. Ushbu loyihalar taraqqiyot strategiyasi hayotga izchil tatbiq etilayotganini anglatadi".

Tanlov natijalariga ko‘ra:

“Masdar” kompaniyasi Buxoro viloyatida 250 MVt quvvatga ega loyiha uchun ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 3,044 AQSH syenti miqdorida taklifi bilan g‘olib deb topildi.

“GD Power-Powerchina” konsorsiumi Namangan viloyatida 150 MVt quvvatga ega loyiha uchun ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 4,828 AQSH syentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib, deb topildi.

“Voltalia SA” kompaniyasi Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega loyiha uchun ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 2,888 AQSH syentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi.

Gʻolib bo‘lgan investorlar quyosh fotoyelektr stansiyalarini loyihalash, moliyalashtirish, qurish, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Gʻoliblar bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitimlarni 2023-yilning 1-choragida imzolash va qurilish ishlarini 2023-yilning 4-choragida boshlash xamda 2024-yilning 4-choragida ushbu stansiyalarni ishga tushirish rejalashtirilgan va muhokamalar davom ettiriladi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!