$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

30 yoshdan oshmagan moddiy ahvoli og‘ir bemorlarga 15 mln so‘m subsidiya ajratiladi – Hukumat qarori

12:39 / 15.06.2022

Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etildi va Jamg‘arma hisobidan 21 turdagi holatlar uchun ayrim toifa yoshlarga moddiy ko‘maklar ajratilishi belgilab qo‘yildi.

Unga ko‘ra, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari:

– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga BHMning 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatishga; – “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismini, biroq bir oygacha, bir oydan ikki oygacha, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun tegishlicha BHMning 4, 8, 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi qismini qoplashga;

– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ularning davlat va nodavlat ta‘lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;

– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, dehqonchilik va tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun BHMning 8 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;

– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini ko‘pi bilan bir yilda 30 foiz, biroq BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;

– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilishga BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;

– mamlakatdagi professional va oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim olayotgan, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berishga;

– yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli o‘quv kurslar uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;

– ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san‘at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olti oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 1 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;

– “Temir daftar” va “Аyollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning fuqarolik pasporti (biometrik pasport) olish badalini qoplab berish;

– ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san‘at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun BHMning 4 baravarigacha hamda xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;

– “Temir daftar” va “Аyollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh oilalarning o‘quvchi farzandlari uchun bir kalendarь yilida bir marotaba maktab formasi hamda o‘quv qurollari uchun xarajatlarini qoplash;

– “Temir daftar” va “Аyollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar hamda tengdoshlari orasida namuna ko‘rsatgan faol yoshlarning mamlakatimiz bo‘ylab turizm ob‘ektlariga sayohatlari uchun mehmonxona va yo‘l xarajatlarini qoplab berish;

– yoshlarga ta‘lim, madaniyat va san‘at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan ta‘lim tashkilotlarining uch oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;

– moddiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 30 yoshdan oshmagan bemor fuqarolarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratishga;

– psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda nodavlat ta‘lim tashkilotlari tomonidan pulli psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga;

– ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratishga;

– yoshlarga yangi turmush qurayotganda, o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratishga kafillik berishga;

– ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda 12 oygacha turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratishga;

– Yoshlar ishlari agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan kalendarь rejada belgilangan mahalla, sektor va tuman (shahar) darajasidagi loyihalar, yoshlar festivallari, forumlar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma‘rifiy tadbirlarni moliyalashtirishga;

– mahalladagi yoshlar yetakchisining tuman (shahar) Vasiylik kengashiga kiritgan iltimosnomasiga binoan Kengash raisi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasiga “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yetarli darajada hal qilinganligi to‘g‘risida axborot beradi. Mazkur axborot asosida Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi tavsiyasi bilan tuman (shahar) jamg‘armasidagi mavjud mablag‘lar hisobidan mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga mo‘ljallangan yengil turdagi kichik kutubxonalar va sport ob‘ektlarini barpo etish hamda ularni zamonaviy jihozlashga mablag‘ yo‘naltirish;

– qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi.


Bu ham qiziq

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima 60 kun içida tölanmasa, haydovçining transport vosit…
10:01 / 10.11.2026
Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami …
09:17 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026
Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!