$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Adliya xorij valyutasini “qora bozor”da almashtirgan deputat Kusherbayevni tanqid qildi

13:39 / 30.11.2021

Adliya xorij valyutasini “qora bozor”da almashtirgan deputat Rasul Kusherbayevni tanqid qildi.

“Qonunchilik palatasi deputati qonunni buzishga targ‘ib qilsa, jamiyat kimga ergashadi? Qonunlarga tanlab-tanlab rioya qilinmaydi”, – demoqda vazirlik.

Deputat bir muddat oldin dam olish kunlarida banklardagi valyuta ayirboshlash shoxobchalarining ishlamasligini tanqid qilib, shu sabab o‘z ehtiyojini “qora bozor” orqali qondirganini aytgan edi. 

“Biz yo hamma tan oladigan va bajarishi majburiy bo‘lgan qonun va qoidalar asosida yashaymiz, yoki har kim o‘z bilganicha, o‘z o‘lchovi bilan belgilab olgan qoidalari bilan yashaydi.

Ming yillar davomida shakllangan sivilizasiyalar qonun ustuvorligisiz yashab va rivojlanib bo‘lmasligini allaqachon tushunib yetgan. Shuning uchun jamiyatlar barchaga majburiy, qulaymi yoki noqulay – qat’iy nazar, umumjamiyat uchun o‘rnatilgan qonun-qoidalar asosida boshqarilib, rivojlanib kelgan”, – deydi vazirlikning mazkur holatga munosabatida.

Shuningdek, Adliya vazirligi xabarda ko‘tarilgan muammo hayotda uchrayotganini inkor etmasligini, ammo uning aynan huquqiy tomoniga alohida e’tibor qilinishi lozimligini ta’kidlaydi. 

Adliya vazirligi Kusherbayevning amalda va o‘z kuchida bo‘lgan O‘zbekiston qonunlarini buzishga qaratilgan namoyishkorona harakatlarni qattiq qoralaydi.

“O‘zbekiston hududida belgilangan yuqoridagi qoidalar va qonun talablari kimgadir qulayligi yoki qulay emasligi, yoqishi yoki yoqmasligi, uning fikridan, qarashlaridan va ijtimoiy maqomidan yoxud haftaning qaysi kuni ekanligidan qat’i nazar bajarilishi majburiydir.
O‘zbekistonda huquqiy ong va madaniyat, qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqiy davlat qurish bo‘yicha jamiyat birlashib, shu maqsadlar sari intilib yashab kelmoqda”, – deyiladi vazirlik munosabatida.

Shuningdek, vazirlik deputat o‘z xatti-harakati bilan fuqarolarni qonunlarga ochiqdan-ochiq bo‘ysunmaslik, inkor etishga chorlaganlikda ayblaydi. 

“Kusherbayev o‘z vakolatlari doirasida masalani tizimli hal qilish maqsadida tegishli so‘rov bilan mutasaddi idoralarga murojaat etishi, qonunlarga o‘zgartirish bo‘yicha tashabbus bilan chiqishi ham mumkin edi”, – deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 170-moddasida javobgarlik belgilangan.

 


Bu ham qiziq

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!