$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Adobe o‘zbekistonlik yosh rassom chizgan rasmlarni sotib oldi

17:54 / 09.01.2022

Xabardor.uz intervyu dasturining galdagi suhbatdoshi 18 yosh havaskor rassom va talaba hamyurtimiz Kamronbek Bohodirov bo‘ldi. Kamronbek o‘zi hali yosh bo‘lishiga qaramay shaxsiy hayoti va ijodida salmoqli natijalarga erishib ulgurgan. U 2021-yil dunyodagi eng yirik dasturiy ta‘minotchilardan biri bo‘lmish “Adobe, Inc.” bilan shartnoma imzolab, ularga o‘zi chizgan rasmlardan bir nechtasiga foydalanish huquqini bergan. 

- Assalomu alaykum Kamronbek sizni dasturimizda xush ko‘rdik. O‘zingizni qanday tanishtirasiz?

- Men Kamronbek Bohodirov 18 yoshdaman va rassomchilikka qiziqaman. Asosan qalam, flamester va bo‘yoqlar bilan ishlayman va portret yo‘nalishida ijod qilishni yoqtiraman. Film, serial va musiqadan ilhomlanaman va buning natijasida ijod namunalarimni kashf qilaman. 

- Aslida sizni rassomchilikka kim qiziqtirgan yoki bu sohada faoliyat yuritishingizga kim turtki bo‘lgan?

- Men bolaligimdan rasm chizishga qiziqaman. Bobom arxitektor bo‘lganlar va u kishi menga rangli qalam, flamaster hamda noodatiy qog‘ozlar sotib olib berar edilar. Shu bilan birga bobom menga inson yuz tuzilish strukturaviy chizmasidan va ranglarning qanday bo‘yalishidan ham saboq berganlar.  Bundan tashqari men hech qayerda ushbu soha bo‘yicha tahsil olmaganman. Men rasm chizishni o‘zim mustaqil internetdan va boshqa manbalardan izlanishlar natijasida o‘rganganman. 

- Siz 2021-yil dunyodagi eng yirik dasturiy ta‘minotchilardan biri bo‘lmish “Adobe, Inc.” bilan shartnoma imzolab, ularga o‘zingiz chizgan rasmlardan bir nechtasiga foydalanish huquqini bergansiz, shundaymi?

- 2021-yil 30-iyul kuni AQShlik qo‘shiqchi Billie Eilish o‘zining yangi albomini taqdim qilgan. Bu jarajonda dunyodagi eng yirik dasturiy ta‘minotchilardan biri bo‘lmish “Adobe, Inc.” Billie Eilish bilan hamkorlik qilgan. 1-sentyabr kuni esa Adobe menga rasmiy xat bilan murojaat qilib, men chizgan Billie Eilish suratidan tijoriy maqsadda foydalanish huquqini so‘radi. Men albatta rozi bo‘ldim va buning uchun yetarlicha haq ham to‘lashdi. 

- Hozirgi kunda aksariyat yoshlarimiz ijtimoiy tarmoqlar va telefon hamda internetdan foydalanishga “mukkasidan ketgan”. Siz ham shundaylardanmisiz va bunga munosabatingiz qanday?

- To‘g‘ri zamonaviy o‘sib kelayotgan yosh avlod telefondan ko‘p foydalanishadi. Ba‘zilar bundan manfaatli foydalanishsa, ba‘zilar esa zerikkanidan ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib qandaydir ma‘noda qoniqish hosil qiladi. O‘zim ham internetdan faol foydalanuvchiman.

- Kelajakdagi rejalaringiz qanday va rassomchilikni o‘zingizga kasb qilib olmoqchimiz?

- Men hozir Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabasiman. Kelajakdagi faoliyatimni iqtisodiyot yo‘nalishida davom ettirmoqchiman. Rassomchilik esa mening qiziqqan mashg‘ulotim bo‘lib qoladi. 

                                                                                                                  Olimjon Hasanov suhbatlashdi.


Bu ham qiziq

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!