$
11903.15 UZS
-62.36
₽
146.75 UZS
0.79
€
13329.15 UZS
-108.12
31° Kechasi 18°

Afg‘onistonning yakkalanishi mintaqa va dunyo uchun xavfli – Norov

13:05 / 18.10.2022

Jahon hamjamiyati Afg‘onistonning yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bu haqida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyada ma’lum qildi.

Norov o‘z so‘zida Afg‘onistonni izolyatsiya qilish mintaqa va xalqaro hamjamiyat uchun salbiy oqibatlarga olib kelishini qayd etdi.

U Afg‘onistonning iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarida ishtirok etish muhimligi, shuningdek, Markaziy Osiyodagi rivojlanish istiqbollari Afg‘onistondagi vaziyatga bog‘liqligini qo‘shimcha qildi.

Tashqi ishlar vaziri Ostonada o‘tkazilgan sammitda Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan tashabbus haqida gapirar ekan, uning asosida Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillar guruhini tuzish va muhokama qilish, ushbu mamlakat bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda tashabbuslarni taklif qilish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, u Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha BMTning mintaqaviy vakolatxonasini ochishni muhim deb hisobladi.

Norovning aytishicha, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash mintaqaviy va global miqyosda muvofiqlashtirilgandagina muvaffaqiyat qozonadi.

Ma’lumot uchun, bugun, 18-oktyabr kuni Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida “Terrorizmga qarshi kurash va terrorchilar harakatlanishining oldini olish uchun chegaralar xavfsizligi hamda chegara nazorati sohasidagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusida konferensiya o‘z ishini boshladi.


Bu ham qiziq

Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

O‘zbekistonda fuqarolar ayrim xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etmasdan, ularning elektron s…
23:52 / 22.10.2026
O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026
Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Shuningdek, Javlon Jovliyevning mehnati ham e’tirof etildi. Unga, shuningdek, “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘olib…
11:13 / 22.10.2026
Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Samarqand va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 5 kilogramm 527 gramm opiy moddasi musodara qil…
09:45 / 21.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva global sog‘liqni saqlashga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi

Ziroat Mirziyoyeva global sog‘liqni saqlashga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi

Mukofot 2019-yilda ta’sis etilgan. U aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida aniq natijalar bergan alohida yetakchilik …
10:57 / 22.10.2026
O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan 558 nomdagi mahsulotning 73 tasi…
11:38 / 20.10.2026
FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan FIFA U-20 Jahon chempionati 17-sentabrdan 9-oktabrgacha davom etadi. B…
23:44 / 22.10.2026
23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
16:50 / 22.10.2026
Ta’lim vaziriga xodimlarni suhbat asosida ishga olish vakolati berildi.

Ta’lim vaziriga xodimlarni suhbat asosida ishga olish vakolati berildi.

Prezident qarori bilan, ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovga istisno vakolat berildi: u 2027-yil 1-fevralgacha vazir…
15:38 / 21.10.2026
21-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

21-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
17:11 / 20.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!