$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Aholi noroziligi bilan poytaxtdagi bir restoran yopildi

15:36 / 26.11.2023

Bugun Toshkent shahar hokimligining bergan xabariga ko‘ra, poytaxtda joylashgan bir restoran faoliyatini to‘xtatgan. Ushbu ovqatlanish majmuasi ustidan Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi 59-uyda istiqomat qiluvchi aholi tomonidan Toshkent shahar hokimligiga murojaat kelib tushgan. Unga ko‘ra, ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan "Yalpiz" restorani o‘z faoliyati bilan shu uy aholisiga qator noqulayliklar keltirishi aytilgan.

Xususan, restoranning uy hovlisida joylashgan xo‘jalik qurilmasida restoran rahbariyati tomonidan oshxona tashkil qilinib, restoran dudbo‘ronlari, konditsionerlar qatorida taomlarni tayyorlash uchun issiqlik uskunalari, shu jumladan mangal o‘rnatilgani, mangal ko‘mirda yoqilishi va bu ko‘p qavatli uy uchun yong‘in xavfini keltirib chiqarishi vaj qilingan.

Shuningdek, bevosita aholi derazalariga yaqin joylashgan dudbo‘ronlardan chiqayotgan shovqin va qovurilgan taomlarning hidi, aholi uchun katta noqulaylik tug‘dirishi aytilgan. Bundan tashqari, restoran xodimlari tomonidan uy hovlisida chiqindilar tashlab ketilishi keltirilgan.

Hokimiyatning bergan xabariga ko‘ra, ushbu holat Toshkent shahar hokimligining nazoratiga olinib, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi yordamida tegishli o‘rganish hamda tekshiruvlar olib borilmoqda.

Natijada, 25-noyabr kuni umumiy ovqatlanish maskanining rahbariyati tomonidan faoliyatda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlanib, ularni belgilangan muddat ichida bartaraf etish majburiyati yuklangan. Shu jumladan, Shota Rustaveli ko‘chasi, 59-uy hovlisida joylashgan uskunalarni boshqa, aholiga noqulaylik tug‘dirmaydigan joyga ko‘chirish belgilanib, restoranning faoliyati kamchiliklar bartaraf etilishiga qadar to‘xtatilgan.


Bu ham qiziq

Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani 2024-yilning yakuni va 2025-yilning yanvar oyida uning harakatlari bo‘yicha o‘rganis…
14:18 / 15.07.2025
Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Hozirda o‘chirish ishlari davom etmoqda.
15:22 / 15.07.2025
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident f…
10:08 / 16.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025
Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Bosh vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan bayonot berdi.
17:01 / 15.07.2025
Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Taklif Yerevan va Boku o‘rtasidagi muzokaralardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
10:41 / 15.07.2025
Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!