$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Aholi tomorqasida dehqonchilikni yo‘lga qo‘yish uchun banklar tomonidan 7 foizli kredit beriladi – prezident

17:15 / 15.11.2021

Bugun, 13-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash borasida 2022-yilda amalga oshiriladigan dasturlar hamda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda shu kunga qadar qabul qilingan davlat dasturlari tahlil qilinib, mahalliy hokimliklar tanqid qilindi.

– Bugungi kunga qadar shakllangan dastur loyihalari eskicha qolipda tayyorlangan va birortasida “ega-kesim” yo‘q, birorta viloyat hokimi buni o‘zidan o‘tkazmagan. Shu bois, kelgusi yil berilayotgan mablag‘lar va yaratilayotgan imkoniyatlar mahallaning ehtiyojidan kelib belgilanadi.

Bunda mahallada ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirish asosiy mezon bo‘ladi, – dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev shuningdek, bu ishlarni amalga oshirishga hokim yordamchilari mas’ul bo‘lishini ta’kidladi.

Yig‘ilishda kelgusi yilda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish borasida ko‘riladigan qator chora-tadbirlar to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra:

– oilaviy tadbirkorlik dasturlari, ishsiz aholi va yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish uchun 13 trillion so‘m beriladi;

– paxta va g‘alladan bo‘shaydigan 200 ming gektar maydonning 80 ming gektari aholiga beriladi;

– meva-sabzavot loyihalariga 100 million dollar va meva-sabzavot klasterlariga 2 trillion so‘m resurs yo‘naltiriladi;

– aholi bandligini ta’minlashda 500 ming gektardan ziyod tomorqalardan samarali foydalanish uchun kelgusi yilda 100 million dollar yo‘naltiriladi;

– aholi tomorqasida dehqonchilikni yo‘lga qo‘yish uchun banklar tomonidan 7 foiz stavkada imtiyozli kreditlar beriladi.

Hokim yordamchilari bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib,  tomorqasi bo‘lgan xonadonlarda 100ta parranda, 20ta quyon, 5-6ta qo‘y va echki, kamida 5-10ta kurka, 5ta asalari uyalari boqilishini tashkil etishga ko‘maklashadilar, – dedi prezident.


Bu ham qiziq

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026
Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş materiallari sanoatidagi natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalib, yaqin yill…
15:08 / 20.11.2026
Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026
Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3,1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vosital…
09:27 / 20.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda korxona tugatilişi yoki ştatlar qisqarişi sababli işdan böşatilgan fuqarolar uçun muddatidan oldin pensiyaga çi…
09:43 / 20.11.2026
Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Özbekistonda yirik strategik loyihalarni mahalliy quriliş materiallari bilan ta’minlaş böyiça yangi vazifalar belgilandi. Xu…
15:26 / 20.11.2026
Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilin…
09:49 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!