$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Aktrisa Gavhar Sharipovaning o‘limi bilan bog‘liq tafsilotlar ko‘rsatildi (video)

10:04 / 13.11.2021

“O‘zbekiston” telekanalining “Bir jinoyat izidan” ko‘rsatuvida aktrisa Gavhar Sharipovaning fojiali o‘limi va unga olib borgan sabablar haqida ko‘rsatuv tayyorlandi.  

Lavhada ma’lum qilinishicha, 2019-yil 18-noyabr kuni tungi soat 2:00 larda Gʻuzor tuman IIBga Gʻuzor –Samarqand yo‘nalishi A-378 yo‘lining 142-kilometrida, Yarg‘unchi qishlog‘i hududida Isuzu rusumli avtomashinasi ishtirokida avtohalokat sodir bo‘lgani haqida qo‘ng‘iroq bo‘ladi. 
Zudlik bilan voqea joyiga tezkor tergov guruhi bilan birgalikda tez yordam shifokorlari yetib borgan.

Gʻuzor tuman tez yordam shifokori Hayitgul Salomovaning o‘sha kungi voqeani eslab aytib berishicha, ular soat 2:40da voqea joyiga yetib borishganida Isuzu mashinasi va bir ayolni yo‘lning chetida yotgan holatda ko‘rishgan. 

“Borib ayolni ko‘rdim, qon bosimi, yurak urishini tekshirib ko‘rdim. Ko‘zini ochib ko‘rdim, yurak unishi to‘xtagan ekan. Keyin yigitlarga pulsi yo‘q ekan, o‘lib qolibdi deb aytdim. O‘ng oyog‘ida 4-5 santimetrli yulinib ketgan joyi bor ekan, suyagi ko‘rinib turgan edi”, – deydi Hayitgul Salomova.

Chiroqchi tuman IIB boshlig‘i Aktamali Beshimqulovning aytishicha esa voqea joyini ko‘zdan kechirishda ularga ushbu avtomashina haydovchisi yo‘l chetida ayol jasadini ko‘rib to‘xtaganligini aytgan.

Biroq haydovchi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarida shubha uyg‘otadi. 

“Uning rangida oqarish, so‘zlarida qaltirash bor edi. Voqea sodir bo‘lgan joy YHXB xodimlari yordamida ko‘zdan kechirildi. Ushbu joyda, yo‘lning asfalt qismidan qon izlari, kiyimlarning asfaltga ishqalangan izlari topildi. Ayolning yonida bo‘lgan o‘ziga tegishli ashyoviy dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Marhumaning yonida biror bir shaxsini tasdiqlovchi hujjati yo‘qligi aniqlandi. Tegishli joylarga marhumaning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha topshiriq berildi. Isuzu avtomashinasining ichki va tashqi tomoni to‘liq ko‘zdan kechirildi. Bu davrda avtomashina ichidan soch tolasi topildi. Bundan tashqari ekspert tomonidan avtomashina oynasi va tarpedasidan tegishli barmoq izlari olindi. Shu kunning o‘zida dastlabki olingan ma’lumotlarga asosan jinoiy ish ochildi”, – deydi Chiroqchi tuman IIB boshlig‘i Aktamali Beshimqulov.

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, haydovchi bilan suhbatda, u o‘z aybiga iqrorligini ma’lum qilgan.

Sudlanuvchi Fazliddin Sharipov 2019-yil 18-noyabr kuni kech soat 2:20larda Surxondaryo viloyati “Daryotrans” MChJga tegishli Isuzu rusumli avtomashinani Toshkent-Termiz avtomobil yo‘li bo‘ylab Samarqand shahriga boshqarib borayotib Gʻuzor tumani Karvonsaroy to‘yxonasi ro‘parasida to‘xtab, avtomashinasiga fuqaro Gavhar Sharipova Hasanovnani mindirib, Gʻuzor tumani Yarg‘unchi qishlog‘iga yetganda, yo‘lovchiga tegajog‘liq qiladi. Shu payt yo‘lovchi sifatida ketayotgan Gavhar Sharipova avtomashina eshigini ochib, o‘zini tashlashi haqida ogohlantiradi. Biroq haydovchi ogohlantirishlarga e’tibor qaratmasdan harakatni davom ettiradi va yo‘lovchi avtomashinadan tushib ketadi. Natijada olgan jarohatlari tufayli Gavhar Sharipova voqea joyida vafot etadi.

Sud Fazliddin Sharipovni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan aybdor deb topgan va unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalariga asosan, avvalgi hukmi yuzasidan o‘talmay qolgan jazo muddati qisman qo‘shilib, transport vositalarini boshqarish huquqidan 2 yil-u 6 oyga hamda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.


Bu ham qiziq

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!