$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Alisher Usmonov O‘zbekistonga sarmoya kiritishni ikki barobarga ko‘paytirmoqda

18:02 / 03.07.2022

Bugungi mavzumiz asli o‘zbekistonlik bo‘lgan millirder Alisher Usmonov haqida. Ukrainada urush harakatlari boshlangach, YeI va AQSh Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalar e‘lon qildi. Forbes nashri esa milliarderning asosiy e‘tiborini O‘zbekistonga qaratayotganligi va mamlakatga kiritayotgan sarmoyalari hissasini ikki karra oshirganligi haqida yozmoqda.

Alisher Usmonov Rossiyaning Ukrainaga qarshi harakatlari sababli boshqa rossiyalik milliarderlar qatorida G‘arb sanksiyalariga duch keldi. Bu orada Alisher Usmonov o‘z asosiy e‘tiborini ona vatani - O‘zbekistonga qaratmoqda, deya yozadi Forbes nashri.

“Menga qarshi sanksiyalar nohaq va asossiz ayblovlarga asoslangan. Shaxsiy mablag‘larni xayriya qilish va investisiyalarni jalb qilish qiyinroq: aslida bu cheklovlar nafaqat menga, balki yordamimga muhtoj bo‘lgan barcha odamlarga ham ta‘sir qildi. Shuning uchun mening hozirgi vazifam ularga yordam berishdir”, - dedi Alisher Usmonov.

“Hozirda O‘zbekiston iqtisodiyoti yiliga 7% ga o‘smoqda, u hozirgacha Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega va yosh, o‘sib borayotgan aholiga ega mamlakatdir hamda boshqa qo‘shni bozorlaridan farqli o‘laroq, iqtisodiyoti yaxshi diversifikatsiyalangan”, - deydi hozirda O‘zbekistonda joylashgan “Bluestone” kichkik investitsion banki hamkori Kuinn Martin.

“Bir necha yillar avval men bu yerda na yashay va na ishlay olardim. Ammo bugun men o‘z maqsadimni O‘zbekistonning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga yordam berish deb bilaman. Bu mamlakatda iqtidorli va mehnatkash odamlar talaygina”, - deydi u va Mirziyoev O‘zbekistonni dunyoga olib chiqish uchun “bor kuchini” sarflayotganini ham qo‘shimcha qiladi.

“Paxtani qayta ishlash, meva-sabzavot yetishtirish, shuningdek, mamlakatning tog‘-kon resurslarini o‘zlashtirish, xususan, rangli metall rudalarini qazib olish va qayta ishlash sarmoya kiritish uchun eng qiziqarli yo‘nalishlardir”, - deydi Usmonov.

“O‘zbekistonga sarmoya kiritish yaqinda “Berlin devori qulashi”ni boshidan kechirgan mamlakatga sarmoya kiritish kabi misli ko‘rilmagan imkoniyatdir: bu yopiq sosialistik davlatdan bozor iqtisodiyotiga tez va keng miqyosda o‘tish kabi holat”, - deydi Londondagi “Sturgeon Capital” hamkori Aleks Branton.

“O‘ylaymanki, hozir investorlar uchun O‘zbekiston bozoriga kirish uchun qulay vaqt. Men hammani bu yerga sarmoya kiritishga chorlayman. Men aksiyador bo‘lgan kompaniyalar bu yerda metallurgiya, sement ishlab chiqarish va telekommunikatsiya sohalariga sarmoya kiritmoqda”, - deydi Alisher Usmonov, va ishlab topgan barcha pullari O‘zbekistonda qolishini ham qo‘shimcha qiladi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!