$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Amerikalik musiqachi Karlos Santana sahnada hushidan ketdi

16:30 / 06.07.2022

Joriy yilning 5-iyul kuni “Santana” guruhi asoschisi amerikalik musiqachi Karlos Santana suvsizlanish tufayli sahnada hushidan ketdi. Bu haqda “The Rolling Stone” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan asrning 60-yillaridan beri gitara bilan o‘z qo‘shiqlarini tinimsiz ijro etib kelayotgan musiqachi tananing asosiy ehtiyojlarini unutgan. Hushiga kelganidan so‘ng u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali, duolari uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirdi

Karlos Santana Klarkstondagi (Detroyt yaqinida) “The Pine Knob” musiqiy teatrida chiqish qilib, spektakl chog‘ida sahnaga yiqilgan. Shundan so‘ng unga boshqa musiqachilar, sahna xodimlari va tibbiyot xodimlari yordam ko‘rsatishgan.

Uni sahnadan olib ketishayotganda 74 yoshli musiqachi tomoshabinlarga qo‘l silkitdi. Santana tekshiruv uchun mahalliy tez yordam bo‘limiga olib ketildi. Uning menejeri Maykl Vrionisning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ijodkor o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Shu kunning o‘zida Karlos ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislariga murojaat qildi: “Qimmatli ibodatlaringiz uchun rahmat. Havotir olmang. Ovqatlanishni va suv ichishni unutib qo‘ygan edim, suvsizlanish yuz berdi, shuning uchun hushimdan ketdim. Barchangizga baxt va mo‘ʼjizalar hamroh bo‘lsin”, – deb yozgan keksa musiqachi.

Iyun oyida Santana Chikagoda joylashgan “Earth, Wind & Fire” guruhi bilan “G‘ayritabiiy mo‘jiza” nomli gastrol konsertida ishtirok etmoqda. Sanʼatkorlar bugun, 6-iyul kuni Pensilvaniya shtatining Burgetstaun shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan navbatdagi shoularini boshqa kunga ko‘chirishdi.

Bundan avval 2021-yil dekabr oyida ham musiqachining Las-Vegasdagi bir qator konsert dasturlari bekor qilgan edi. Bunga rejadan tashqari yurak operatsiyasi sabab bo‘lgandi.

Santananing so‘nggi albomi – “Corazon” 2014-yilda chiqarilgan. Musiqachining eng mashhur asari 1999-yilgi platina albomi – “Supernatural” bo‘lib, u 15 marta chiqarilgan va har safar 2 million nusxada sotilgan.


Bu ham qiziq

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!