$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Amir Temur maqbarasi yarim asrdan so‘ng qayta ta’mirlanmoqda

10:58 / 04.09.2022

2022-yilda Samarqand shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti o‘tkazilishi sababli Amir Temur (Go‘ri Amir) maqbarasida ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish belgilangan. Bu haqda Madaniy meros agentligi ma’lum qildi.

Tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu yodgorlikda restavrasiya ishlarini bajarish maqsadida ilmiy asoslangan xulosalar yordamida loyiha takliflari ishlab chiqilgan hamda agentlik huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashida ma’qullangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-martdagi “2022-yilda turizm va madaniy meros ob’yektlari infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 110-son qaroriga asosan Samarqand shahrida joylashgan Amir Temur majmuasida gumbaz va devor old qismi, galereyaning pol qismlari va peshtoq muqarnaslarini qayta ta’mirlash uchun 3 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz Amir Temur maqbarasini restavrasiya qilish ishlari bundan yarim asrdan ziyod vaqt oldin ya’ni 1941-yilda amalga oshirilgan, 1996-yilda esa qisman ta’mirlash ishlari olib borilgan.

6 asrlik tarixga ega Buyuk sarkarda sag‘asanida olib borilayotgan restavrasiya jarayonlari Madaniy meros agentligi nazorati ostida va malakali usta-restavrator, xattot, olim, injenerlar va boshqa soha mutaxassislarini jalb etilgan.

“2021-yilda Eron va Turkiya davlatlaridan kelgan malakali mutaxassislar Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlaridagi moddiy madaniy meros ob’yektlarini o‘rganishgan. Ekspertlar tomonidan tarixiy obidalarning holati, ularda asrashga doir ishlarni amalga oshirish yuzasidan xulosalar berilgan. Hozirda amalga oshirilayotgan ishlar ham aynan xorijiy tajribani o‘rgangan holda, jahonning yetuk mutaxassislarining ilmiy asoslangan xulosalari asosida mahalliy usta-restavratorlar tomonidan amalga oshirilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Xorijiy tajribani o‘rgangan holda xorijiy ekspertlarning xulosalarini inobatga olgan holda mahalliy usta restavratorlar tomonidan ta’mirlash tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.

Obida tarixi

Markaziy Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida e’tirof etiladigan Amir Temur maqbarasi Samarqandning janubiy-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, XIV asr oxirida Temuriy shahzoda Muhammad Sulton tomonidan qurilgan madrasa yonida tiklangan. Maqbara qurilishi Amir Temur hukmronligi davrida boshlanib, Mirzo Ulug‘bek davrida tugallangan.

Temuriy hukmdor Mirzo Ulug‘bek buyuk bobosiga yuksak ehtiromi ifodasi o‘laroq maqbarani Temuriylar avlodi dafn qilinadigan maqbaraga aylantiradi. Maqbara bitgach Amir Temurning ma’naviy ustozi Mir Sayyid Barakaning jasadi shu maqbaraga ko‘chiriladi. Binoning ichki bezaklari yangilanadi, maqbara sahniga daxmalar qo‘yilib, atrofiga marmar toshdan nafis panjara ishlanadi. 1424-yilda uning sharq tomoniga maqbaraga olib kiruvchi ko‘p gumbazli galereya qurilgan.

Maqbarada Amir Temurning o‘g‘illari – Mironshoh va Shohruh sultonlar dafn qilingan. Maqbaraning g‘arb va janub tomoniga yondosh qilib qurila boshlangan, lekin chala qolgan ulkan imoratlar Mirzo Ulug‘bek hukmronligining so‘nggi yillariga to‘g‘ri keladi. 1449-yilda vafot etgan Mirzo Ulug‘bek ham ushbu maqbaraga dafn qilingan.


Bu ham qiziq

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Pavilyon me’moriy konsepsiyasiga “Uzumzor – ötmiş merosi, bugungi yeçim, kelajak uçun ilhom” ğoyasi asos qilib olingan.
08:51 / 12.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026
Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026
Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada iş haqini ololmagan 8 nafar özbekistonlikning mehnat huquqlari sud orqali himoya qilindi. Natijada ularning foydas…
10:03 / 10.11.2026
Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima 60 kun içida tölanmasa, haydovçining transport vosit…
10:01 / 10.11.2026
11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
17:21 / 10.11.2026
Qarşidagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi

Qarşidagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi

10-noyabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda va…
09:48 / 10.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!