$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
18° Kechasi 12°

Amrillo Inoyatov dorixonalarda Tramadol dori vositasini sotishga doir 3 ta qonun hujjatini bekor qildi

09:17 / 13.07.2023

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov “Tibbiyot muassasalari va dorixonalarda Tramadol dori vositasini saqlash, hisobini olib borish va berish qoidalari to‘g‘risida"gi buyruq, shuningdek, unga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi buyruqni imzoladi. Hujjat matni "Lex.uz" qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasiga yuklandi.

Hujjatda yozilishicha, Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 27-oktabr kuni 878-sonli qaror qabul qilib, u bilan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek, ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida” 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarorga o‘zgartirishlar kiritgan. Ayni buyruq shu qonunning ijrosi va muvofiqligini ta’minlash maqsadida imzolangan.

Yangi qonun bilan sog‘liqni saqlash vaziri qabul qilgan uchta idoraviy normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan. Bular:
  • 2000-yil 14-dekabrdagi 635-son “Tibbiyot muassasalari va dorixonalarda Tramadol dori vositasini saqlash, hisobini olib borish va berish qoidalari to‘g‘risida”gi buyruq;
  • 2001-yil 4-oktyabrdagi 439-son “Dorixona va tibbiyot muassasalarida Tramadol dori vositasini saqlash, hisobini olib borish va berish qoidalari to‘g‘risida”gi buyrug‘iga qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyruq;
  • 2017-yil 3-avgustdagi 104-son “Dorixona va tibbiyot muassasalarida Tramadol dori vositasini saqlash, hisobini olib borish va berish qoidalari to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyruq.

 


Bu ham qiziq

AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

Sulton Nuriyev umrbod nazoratda bo‘lishi mumkin.
17:01 / 17.05.2024
Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagi tarkibidagi shakar tezda qonga so‘riladi, natijada uning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi.
14:53 / 18.05.2024
Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini uyushtirdi

Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini uyushtirdi

Mazkur hujum natijasida 17 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Bu haqda, Al Jazeera telekanali xabar bermoqda.
12:17 / 19.05.2024
Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Charchoq, vazn o‘zgarishi va boshqa alomatlar kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan uchrashish tavsiya etiladi.
14:27 / 18.05.2024
Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Bu bo‘yicha Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishildi.
09:45 / 18.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bugun, 18-may kuni Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida viloyat markazi Feroz-Kohda 2000 ta …
16:57 / 18.05.2024
Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Bu haqda, Statistika agentligi ma'lumot berdi.
10:15 / 19.05.2024
Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ iyun oyidan quyidagi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
17:09 / 17.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!