Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2024-yil 18-may kuni soat 23:00 larda Samarqand shahar “Xo‘jadonyor” MFY hududidan o‘tuvchi I.Karimov ko‘chasida, 1991-yilda tugʻilgan haydovchi Nexia-2 rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomon chetki qismida joylashgan temir ustunga o‘ng yon tomon orqa eshigi bilan urilib YTH sodir qilgan. YTH oqibatida jarohat olganlar bor.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!