O‘zbekiston va Xitoy shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlarni kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Uzbekistan Airports va China Southern Airlines kompaniyasi o‘rtasidagi muzokaralarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, mavjud reyslar sonini oshirish va O‘zbekiston aeroportlariga yangi yo‘nalishlar ochish imkoniyatlari muhokama qilingan.
Shuningdek, tashuvchi mavjud yo‘nalishlar chastotasini haftasiga yetti martagacha oshirish masalasini ko‘rib chiqilmoqda. Hozirda China Southern Airlines aviakompaniyasi Toshkentdan Pekinga (haftasiga 4 marta) va Toshkentdan Urumchiga (haftasiga 5 marta) parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.
Bundan tashqari, Uzbekistan Airports kompaniyasi Andijon, Namangan va Farg‘ona aeroportlaridan Xitoy shaharlariga yangi yo‘nalishlarni ochishni taklif qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!