Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan 17 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining “A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-17 va Xitoy U-17 terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘zbekistonlik yoshlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mazkur bellashuvdan so‘ng O‘zbekiston U-17 jamoasi ayni damda guruh peshqadamiga aylandi. Terma jamoa 2-turdan so‘ng 6 ochko jamg‘ardi. Xitoy yoshlari ustidan qozonilgan g‘alaba O‘zbekiston U-17 jamoasiga 2025-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tuvchi U-17 Jahon chempionati yo‘llanmani taqdim qildi. Faqatgina Saudiya Arabistoni va Tailand terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda saudiyaliklarning qo‘li baland kelsa yoki durang natija qayd etilsagina ushbu yo‘llanma muddatidan oldin qo‘lga kiritiladi. Aks holda oxirgi turda mezbon Saudiya Arabistoni bilan o‘yinda barchasi hal qilinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!