$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Andijon shahar hokimiga tegishliligi aytilgan audioyozuv yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

11:57 / 12.11.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar hokimiga tegishliligi aytilgan audioyozuv tarqaldi. Unda fuqaro va mansabdorning o‘zaro suhbati aks etgan bo‘lib, mansabdor fuqarodan nega “hadeb qo‘ng‘iroq qilayotgani”ni so‘raydi va uni haqoratli so‘zlar bilan “siylaydi”.

Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazib, ovoz haqiqatda Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarovga tegishli ekanini tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro O.N yashab kelgan uy (asl egasi fuqaroning onasi) snosga tushib, o‘sha hududda hozirgi kunda “Sulton xaus” MChJ qurilish firmasi tomonidan ko‘p qavatli uy qurilmoqda. Fuqaro O.N esa ayni vaqtda ijaraga chiqarilgan va ijara haqi doimiy ravishda to‘lab kelingan.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, audioyozuvdagi holatga fuqaroning shahar hokimiga bir kunda 10-15 marta qo‘ng‘iroq qilib, snosga tushgan uyi (52 kv.m) evaziga qurilish firmasidan shahar markazidan 400 kv.metrdan iborat bo‘lgan uy-joy va Gentra undirib berishini so‘rashi sabab bo‘lgan.

Shuningdek, fuqaro “shahar hokimini doimiy obro‘sizlantirib kelgan”likda ham ayblanmoqda.

Aniqlanishicha uyning asl egasi (fuqaroning onasi) va qurilish firmasining o‘zaro shartnomasi bor va unga ko‘ra fuqaroning onasi yangi qurilayotgan uylardan xonadonga ega bo‘ladi.

“Bundan tashqari Andijon shahar hokimining fuqaro bilan muloqoti davomida ishlatgan haqoratli so‘zlari uchun Andijon viloyati hokimligi tomonidan alohida huquqiy baho berilishini ma’lum qilamiz”, – deyiladi Viloyati hokimligi Matbuot xizmati munosabatida.


Bu ham qiziq

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami …
09:17 / 12.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!