$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Andijonda “Yoshlar daftar”i soxtalashtirildi: yoshlarga “berilgan” yerdan ularning o‘zlari bexabar bo‘lishgan

16:22 / 03.12.2021

Joriy yil 2-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi yig‘ilishida Andijon viloyatida yoshlar muammolarining o‘rganilishi masalasi ko‘rildi.

Yig‘ilishda viloyatdagi o‘rganishlar davomida bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi tanqid qilindi.

Jumladan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning muammolarini hal etish maqsadida ishlab chiqilgan “yoshlardaftari.uz” yagona elektron platformasiga kiritilgan 735 nafar yoshlarni asossiz ravishda chiqarib yuborilish holatlari aniqlangan.

Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlardan 23 479 nafariga tuman hokimlarining farmoyishlari asosida yer maydonlari ajratib, bandligi ta’minlanganligi va daftardan chiqarilganligi o‘rganilganda, ulardan 44 nafar yoshlar yer maydonlarini olmaganligi, hattoki bundan xabardor emasligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari shaxsga bir martalik moddiy yordam berilishi uni “Yoshlar daftari”dan chiqarishga asos bo‘lmasligi belgilanganiga qaramay Andijon shahrida Yoshlar jamg‘armasi tomonidan bir martalik yordam berilgan jami 790 nafar yoshlardan 303 nafari “Yoshlar daftari”dan asossiz ravishda chiqarib yuborilgan.

Shu bilan birga, 2021-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha dasturda belgilangan reja bajarilganligi qayd etilgan bo‘lsa-da, Soliq inspeksiyasi bazasidagi ma’lumotlar bilan taqqoslanganda ayrim ish o‘rinlari o‘z tasdig‘ini topmaganligi senatorlar tomonidan ko‘rsatildi.

“Tuman (shahar) hokimlarining qarorlari bilan zaxiraga olingan ish o‘rinlariga aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish ishlari sust olib borilgan. Ya’ni zaxira (kvota)langan ish o‘rinlaridan foydalanish darajasi viloyatda 64,2 foizni tashkil etganligi bois, bugungi kunda 3 651 ta zaxira ish o‘rinlari foydalanmasdan qolgan”, – deyiladi Senat ma’lumotida.

Yig‘ilishda ushbu yo‘nalishda uchrayotgan tizimli xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida prokuratura organlari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda viloyat hokimligiga Komissiya a’zolari tomonidan tavsiyalar berilib, tegishli topshiriqlar aks ettirilgan qaror qabul qilindi.

 


Bu ham qiziq

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!