$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

AOKA Nemolchi.uz loyihasi asoschisiga qilingan tahdidni keskin qoraladi

10:30 / 04.05.2023

Mustaqil faoliyat koʻrsatuvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi, jamoatchilik faoli, jurnalist Irina Matviyenko ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalarida unga oʻlim bilan tahdid qilingani tufayli Oʻzbekistonni tark etgani haqida maʼlum qilgan. Mazkur holat boʻyicha Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy munosabat berdi.

Qayd etilishicha, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 10-moddasida, jurnalist oʻz kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini taʼminlashi lozimligi, shuningdek, ushbu qonunning 14-moddasida jurnalistning qonunda belgilangan huquqlarini buzganlik, uning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga tahdid, zoʻravonlik yoki tajovuz qilganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi belgilangan.

Bu kabi himoyaviy kafolatlar “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonunning 5-moddasida ham oʻz ifodasini topgan.

AOKA bu kabi holatlarni soʻz va axborot erkinligini taʼminlash, jurnalistlarning erkin faoliyat koʻrsatishi borasidagi yangicha ochiqlik siyosatiga zid xatti-harakatlar sifatida keskin qoralashi taʼkidlangan.

Shunga koʻra, AOKA voqelikni oʻrganish hamda vaziyatga huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga ushbu masalani nazoratga olishni soʻrab rasmiy xat orqali murojaat qilgan.

Keltirilishicha, ayni paytda I.Matviyenkoning shaxsiy sahifasida eʼlon qilingan xabar huquqni muhofaza qilish organlari va mutasaddi idoralar tomonidan oʻrganilmoqda.

“Agentlik olib borilayotgan oʻrganish natijalarini diqqat bilan kuzatib boradi hamda jurnalist hayoti xavfsizligi taʼminlanishiga, shuningdek, qonunchilikka zid ravishda tahdid qilgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrilishiga ishonadi”, – deyiladi agentlik xabarida.


Bu ham qiziq

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!