$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Aprel oyida inflyatsiya qariyb 1,5 foizni tashkil etdi

22:24 / 02.05.2022

O‘zbekistonda 2022-yilning aprel oyida iste’mol bozoridagi inflyatsiya 1,5 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yil boshidan buyon narxlarning o‘sish sur’ati 4,4 foizni tashkil etdi. Yillik nisbatda iste’mol sektorida narxlarning o‘sish sur’ati 10,4 foizga yetdi (2021-yilda 10,7 foiz va 2020-yilda 14,5 foiz edi). Bu ko‘rsatkich mart oyida sal yuqorilagan edi.

Narxlar oshishi bo‘yicha yetakchilik bir oy avval bo‘lgani kabi oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lib, 2022-yil aprel oyi davomida ularning narxlari o‘rtacha 2,1 foizga oshdi.

Ma’lum bo‘lishicha, aprel oyida oziq-ovqatlardan un 5,2 foizga, sut 2,3 foizga, kungaboqar yog‘i 2,5 foizga, saryog‘ 2,2 foizga, piyoz 10,7 foizga, sabzi 10,1 foizga yuqori darajada qimmatlagan.

Shuningdek, sanoat tovarlari (nooziq ovqat mahsulotlari) narxining o‘sishi oldingi yillardagi ko‘rsatkichlardan ancha yuqori bo‘ldi. Aprel oyida ular 1,4 foizga qimmatladi. 12 oy ichida narxlar 9,3 foizga qimmatlashgan.

Shu bilan birga, maishiy texnika narxlari bir oy ichida 1 foizga va yillik nisbatda 10 foizga qimmatlashdi. Mebellar uchun ushbu ko‘rsatkich tegishli ravishda 1,2 foiz va 8 foizni tashkil etdi. Kiyim va poyabzal narxlari aprelda 1,1 foizga, 12 oy ichida 7 foizga qimmatlagan.

Bundan tashqari, xizmatlar bozorida inflyatsiya aprel oyida 0,5 foizni tashkil qildi.


Bu ham qiziq

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!