AQSh harbiy vertolyoti Hormuz yaqinida halokatga uchradi, deb xabar beradi The New York Times manbalarga tayanib.
“Amerikaning Apache jangovar vertolyoti Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida halokatga uchradi ikki ekipaj a’zosi xavfsiz tarzda qutqarildi”, – deyiladi xabarda.
Gazeta favqulodda vaziyatning sababi hali aniqlanmaganini qo‘shimcha qildi. Vertolyot urib tushirilganmi yoki texnik nosozlik tufayli qulaganmi, noma’lum.
Eron Hormuz bo‘g‘ozini nazorat qilishda davom etmoqda. Shanba kuni IIPK o‘z ruxsatisiz suvlardan o‘tmoqchi bo‘lgan to‘rtta tankerga hujum qilganini e’lon qildi. Oq uy rahbari Donald Tramp tinchlik kelishuviga erishilgunga qadar AQSh Eron portlarini blokirovka qilishini aytdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!