$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
21° Kechasi

AQSh Ukrainaga “qotil” dronlar yetkazib beradi

22:23 / 18.03.2022

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga “Switchblade” rusumidagi jangovar uchuvchisiz qurilmalar yetkazib berishga qaror qildi. 

Qayd etilishicha, Vashington hozirga qadar yuqori aniqlikda nishonga uruvchi bunday dronlarni faqat yaqin ittifoqchisi Buyuk Britaniya bilan baham ko‘rgan.

“Switchblade” dronlari AQSh harbiy havo kuchlari buyurtmasiga ko‘ra "AeroVironment" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Nishonni 10 kilometrdan aniq uruvchi qurilma faqat bir marta qo‘llangani sabab dron-kamikadze deb ataladi. Shovqinsiz parvoz qiluvchi, kichik hajmli dronlarni payqash mushkul ekani aytiladi. Hozircha 100 dona dron yetkazib berilishi ma’lum qilingan. Keyinroq bu raqam yanada ko‘payishi mumkin.
 
Ma’lum qilinishicha, Vashington yuqori doiralarida Ukrainaga mazkur ilg‘or jangovar qurilmalarni yetkazish masalasi uzoq muhokama etilgan. Pirovardida og‘ir ahvolda qolgan mamlakatga ko‘mak va xayrixohlik ifodasi o‘laroq uni yetkazishga rozilik berilgan.

Harbiy ekspertlar "Switchblade" dronlarini “aqlli bomba” deb ataydi. Dvigatel, kamera va ichki boshqaruv tizimiga ega qurilma ham bronetexnika, ham piyoda askarlarni mahv etishga mo‘ljallangan. Dronlarni ob’yektlarga mustaqil holda hujum qilishga dasturlashtirish imkoni mavjud.


Bu ham qiziq

Isroil samolyoti G‘azodagi mahalliy aholiga zarba berdi

Isroil samolyoti G‘azodagi mahalliy aholiga zarba berdi

Hujum oqibatida bir falastinlik halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan.
12:14 / 26.04.2024
Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Bu haqda Reuters xabar berdi.
15:01 / 25.04.2024
Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Bu haqida viloyat Matbuot xizmati maʼlum qildi.
15:20 / 25.04.2024
Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Koreya banki 2040-yilgacha yiliga 0,1%ga pasayishni boshlashi haqida ogohlantirdi.
18:01 / 26.04.2024
Olmaota aeroportida Air Astana uchuvchisi narkotik mastlik holatida qo‘lga olindi

Olmaota aeroportida Air Astana uchuvchisi narkotik mastlik holatida qo‘lga olindi

U yo‘lovchi sifatida uchib ketmoqchi bo‘lgan.
11:59 / 26.04.2024
Yaponiyalik bola parchalangan pulni yig‘ib, bankka topshirdi

Yaponiyalik bola parchalangan pulni yig‘ib, bankka topshirdi

U buning uchun 3 hafta vaqt sarflagan.
10:18 / 26.04.2024
Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Nashrda kosmonavt o‘z izdoshlaridan videoda olingan joyni tanishlarini so‘ragan.
17:11 / 26.04.2024
iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

Mazkur chora joriy yilning 1-iyunidan kuchga kirishi mumkin.
15:53 / 26.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!