$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

AQShdan Qoraqalpog‘istonga 16,8 tonnali insonparvarlik yuklari jo‘natildi

11:05 / 27.05.2022

AQShda joylashgan “Project C.U.R.E.” xayriya tashkiloti O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi ko‘magida Qoraqalpog‘istonga 16,8 tonnali insonparvarlik yuklarini jo‘natdi.

Tibbiy jihozlardan iborat insonparvarlik yuklari iyun oyida Qoraqalpog‘istonga yetib keladi va sog‘liqni saqlash tashkilotlariga topshiriladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Elchi Javlon Vahobov tomonidan loyiha prezidenti Duglos Jekson bilan 3 million dollarlik tibbiy asbob-uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha ilgari erishilgan kelishuvlar doirasida Orolbo‘yi mintaqasidagi tibbiy jixozlarga eng ko‘p ehtiyoj sezayotgan 24 ta tibbiyot muassasalari ro‘yxati shakllantirilgan.

“Project C.U.R.E.” xayriya tashkilotining xalqaro hukumatlar bilan ishlash bo‘yicha prezidenti Melisa Epostining aytishicha, to‘rtta konteyner AQShdan Yevropaga dengiz orqali jo‘natildi. Amerika tomonining so‘zlariga ko‘ra, yuklar dastlab Gruziyaga olib boriladi, shundan so‘ng quruqlik orqali Nukus shahriga yetkaziladi.

Elchixona maʼlumotlariga ko‘ra, to‘rtta konteynerdan UZI apparati va uskunalari, ventilyatorlar, kislorod konsentratorlari, rentgen skanerlari, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun intensiv terapiya inkubatorlari, defibrilatorlar, laboratoriya moslamalari, kislorod ballonlari, bemorlarni tashishga mo‘ljallangan aravachalar, nafas oldirish apparati, jarrohlik stollari uchun to‘shamalar va boshqa tibbiy buyumlar  o‘rin olgan.

“Project C.U.R.E.” nodavlat notijorat tashkiloti 1987-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u rivojlanayotgan mamlakatlarga zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yetishmovchiligini bartaraf etishda ko‘mak ko‘rsatadi. NNT AQSHning 6 shtatida o‘zining yirik tarqatish markazlariga ega. Yiliga 40 futlik 200 tadan ortiq konteyner shakllantiriladi. Ularning har birida o‘rtacha 300 ming dollarlik tibbiy asbob-uskunalar jamlanadi. Mazkur xayriya tashkiloti hozirgi kunda jahondagi 135 mamlakatda insonparvarlik loyihalarini amalga oshirib kelmoqda.

2021-yil may oyida Qoraqalpog‘iston shoshilinch tibbiy yordam markazlari “Project C.U.R.E.” loyihasi doirasidagi dastlabki ikkita konteynerdan iborat  insonparvarlik ko‘magini qabul qilib olgan edi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda korxona tugatilişi yoki ştatlar qisqarişi sababli işdan böşatilgan fuqarolar uçun muddatidan oldin pensiyaga çi…
09:43 / 20.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026
Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
14:43 / 19.11.2026
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3,1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vosital…
09:27 / 20.11.2026
Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Özbekistonda yirik strategik loyihalarni mahalliy quriliş materiallari bilan ta’minlaş böyiça yangi vazifalar belgilandi. Xu…
15:26 / 20.11.2026
Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston Turkiya kompaniyalarini qişloq xöjaligi, infratuzilma va quriliş sohalaridagi qöşma loyihalarga jalb etmoqçi. Bu …
14:19 / 19.11.2026
Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Kiyevni öqqa tutiş natijasida Podolskiy tumanidagi xususiy uy zarar kördi, ikki kişi yaralangan, dedi şahar hokimi Vitaliy K…
15:53 / 21.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!