$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Argentinaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi tayinlandi

13:33 / 23.06.2022

2022-yil 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Argentina Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Moskva shahrida) Eduardo Antonio Zuaynni qabul qildi.

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bilan boshlangan uchrashuv avvalida V.Norov Elchiga diplomatik missiyasini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi. 

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Argentina hamkorligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. 

Tomonlarning konstruktiv siyosiy muloqotni faollashtirishga tayyorligi taʼkidlandi. O‘zaro aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish, parlament diplomatiyasini rivojlantirish, vazirliklararo maslahatlashuvlarni o‘tkazish, shuningdek, xalqaro institutlar doirasidagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. 

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, O‘zbekiston iqtisodiyotiga Argentina kapitalini jalb etish, investitsiyalarni himoya qilish va ikki tomonlama soliqqa tortishdan saqlanish to‘g‘risida bitim tuzish, Argentina biznes-subyektlari delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifini tashkil etish orqali savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi qayd etildi. 

Elchi Argentina kompaniyalarning O‘zbekistonda turli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdorligini taʼkidladi.

O‘zbekiston va Argentinaning madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni mustahkamlashga birday intilishi tasdiqlandi. Tomonlarning ikki mamlakat hududida o‘tkaziladigan kinofestivallar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish, kadrlar tayyorlashda oliy taʼlim muassasalari aloqalarini kengaytirish, sport sohasidagi munosabatlarni rivojlantirish, sayyohlik almashuvlarini jadallashtirish masalalarini o‘rganib chiqishga tayyorligi maʼum qilindi.

Eduardo Antonio Zuayn taʼkidlaganidek, Argentina Yangi O‘zbekistonni Rivojlantirish strategiyasining amalga oshirilish jarayonini katta qiziqish bilan kuzatib, respublikaning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida kechayotgan o‘zgarishlarni olqishlaydi. Buenos-Ayres O‘zbekiston bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishni ustuvor vazifa deb biladi va bu borada qatʼiy amaliy choralar ko‘rishga tayyordir.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmaganli…
11:02 / 11.11.2026
“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026
Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026
Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Pavilyon me’moriy konsepsiyasiga “Uzumzor – ötmiş merosi, bugungi yeçim, kelajak uçun ilhom” ğoyasi asos qilib olingan.
08:51 / 12.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!