$
12675.00 UZS
4.95
138.36 UZS
0.36
13616.75 UZS
56
26° Kechasi 15°

Asakada 6 tup chinorni kesganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

16:00 / 01.02.2024

Ma’lumotlarga ko‘ra, Asaka tumanida ko‘p yillik manzarali daraxtlarni kesib tashlash holati aniqlangan. Bu haqda Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.  

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyat prokuraturasi, viloyat Milliy gvardiya hamda Ekologiya boshqarmalari xodimlari tomonidan nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir davomida Asaka tumani, “Yangiobod” MFY hududida ko‘p yillik 6 tup chinor daraxti kesilgani aniqlangan.  

O‘tkazilgan surishtiruvlar davomida mazkur chinor daraxtlarini kesish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli ruxsatnomalar olinmagani, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun talablari qo‘pol ravishda buzilgani ma’lum bo‘lgan. Chinorlarni kesish orqali o‘simlik dunyosiga 317 mln 50 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. 

Holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

 


Bu ham qiziq

Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Qissadan hissa chiqaring.
15:32 / 05.05.2024
Qandli diabetga chalingan bolalarga sport mumkinmi?

Qandli diabetga chalingan bolalarga sport mumkinmi?

Mutaxassis bu bo‘yicha ma’lumot berdi.
12:41 / 05.05.2024
Bugun, 5-may kuni ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi

Bugun, 5-may kuni ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 5-may kuni Toshkentda havo biroz bulutli…
08:45 / 05.05.2024
“Bu Isroil va Falastin o‘rtasidagi urush emas, balki dunyo bo‘ylab zolimlar va mazlumlar o‘rtasidagi kurashdir” – Xakan Fidan

“Bu Isroil va Falastin o‘rtasidagi urush emas, balki dunyo bo‘ylab zolimlar va mazlumlar o‘rtasidagi kurashdir” – Xakan Fidan

Turkiya TIV rahbarining ta'kidlashicha, agar Islom olamining birdamligi va birligi yo‘qolsa, yagona g‘olib Isroil va uning t…
11:08 / 05.05.2024
Eronda osmondan “baliq yog‘di”

Eronda osmondan “baliq yog‘di”

Bu mamlakatda kuzatilgan ilk holat emas.
11:34 / 05.05.2024
Bluetooth orqali sun’iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatildi

Bluetooth orqali sun’iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatildi

Endi buni oddiy inson telefonda ham amalga oshirishi mumkinligi aytilmoqda.
14:52 / 04.05.2024
Aktyor Dueyn Jonson mas’uliyatsizlikda ayblanmoqda. U tufayli “Qizil” filmi 50 million dollar zarar ko‘rgan

Aktyor Dueyn Jonson mas’uliyatsizlikda ayblanmoqda. U tufayli “Qizil” filmi 50 million dollar zarar ko‘rgan

Natijada “Qizil” filmi xarajatlari 200 million dollardan 250 million dollarga oshib ketdi.
16:50 / 05.05.2024
Ukrainaning sobiq prezidenti Rossiyada qidiruvga berildi

Ukrainaning sobiq prezidenti Rossiyada qidiruvga berildi

Pyotr Poroshenko 2014-yildan 2019-yilgacha Ukraina prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.
09:43 / 05.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!